Arzon va tezkor Redmi Note 7 Pro namoyish qilindi, texnik jihat va narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  18718
  •  28.02.2019 15:39

Arzon va tezkor Redmi Note 7 Pro namoyish qilindi, texnik jihat va narxlari bilan tanishing!

Kutilganidek, Xiaomi kompaniyasi bugun – 28 fevralda Redmi Note 7 Pro smartfonini rasman taqdim etdi. Kompaniya uni «tarixdagi eng tezkor Redmi Note» deya ta’riflamoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Taqdimot marosimida yangi modelning AnTuTu natijasi ham e’lon qilindi – smartfon bu benchmarkda 180 000 balldan oshiq natija ko‘rsatgan.

Uning bunchalik yuqori (kamida Redmi Note turkumi doirasida) samaradorligini esa Qualcomm kompaniyasining yangi Snapdragon 675 protsessori ta’minlagan.

Redmi Note 7 ekrani diagonaliga 6,3 dyuymlik, tasvir aniqligi 2340x1080 piksellik. Uning yuzasiga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan va korpusning orqa paneli ham shu materialdan ishlangan.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

«Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 kabi, yangi – Redmi Note 7 Pro smartfonida ham qo‘sh kamera qo‘llangan, ammo uning asosiy moduli Samsung mahsuloti emas, balki Sony IMX586 datchigidir. Bu kamera tasvirlarni faqat elektron barqarorlashtirish tizimigagina ega va 4K video yozib olishga qodir. Redmi Note 7 Pro selfi fanatlariga ham ma’qul keladi – uning 13 megapiksellik old kamera LED-chaqnoqqa ega.

Xiaomi ushbu modelida barmoq izi skanerini displeyga joylayotgani haqidagi xabarlar bekor ekan – ushbu datchik Redmi Note 7 Pro orqa paneliga joylangan. Biroq gadjet zamonaviy USB-C portidan tashqari an’anaviy quloqchin tirqishi va infraqizil porti bilan ham ta’minlangan. Unga qadoqdanoq Android 9.0 Pie operatsion tizimi bazasidagi MIUI 10 interfeysi o‘rnatilgan.

Redmi Note 7 Pro akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, Quick Charge 4 texnologiyasi asosida tezkor quvvatlana oladi. Bu smartfon qora, qizil va moviy rangli korpuslarda taklif etiladi.

Xiaomi bu mahsulotining Hindistondagi savdosini 6 mart kuni, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlaydi. Uning boshlang‘ich – 4/64 gigabaytlik xotiraga ega talqini atigi 197 dollarga narxlangan. 240 dollarlik versiyasi esa 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega.

Kompaniyaning bundan oldingi – Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!