Asus Skylake protsessorli X va N seriyadagi noutbuklar chiqaradi

Asus Skylake protsessorli X va N seriyadagi noutbuklar chiqaradi

Dushanba kuni Asus kompaniyasi anonsida Intelning 6-avlod protsessorlari (shartli nomlanishi Skylake) o‘rnatilgan noutbuklar ishlab chiqarishini e’lon qildi. N seriyasining modellari 15,6 dyuymli N552 va 17,3 dyuymli N752 noutbuklaridir. Ikkala leptop korpusi ham alyuminiydan bo‘lib, 4 yadroli Intel Core i7 protsessorlariga ega. Videokartasi Nvidia GeForce GTX 960M.

X seriya esa o‘z ichiga X456, X556 va X756 modellarini oladi. Ularning diagonali mos holda 14, 15,6 va 17,3 dyuymli bo‘lib, Full HD ekran sig‘imli va ASUS Splendid texnologiyali. Tezkor xotirasi 8 Gb, qattiq diski 2 Tbgacha bo‘ladi.

Asus Tayvanda joylashgan kompaniya bo‘lib, kompyuter texnikasi va ehtiyot qismlari, kommunikatsion jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaga 1989 yilda asos solingan. Shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik beshta kompaniyaning biri (2012 yil uchinchi kvartal holatiga ko‘ra). Asus markasi nomi Pegasus so‘zidan olingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.