Asus Zenfone Max (M2) va Zenfone Max Pro (M2) smartfonlarini namoyish qilishga hozirlanmoqda

  •   Saroy
  •  766
  •  08.10.2018 13:58

Asus Zenfone Max (M2) va Zenfone Max Pro (M2) smartfonlarini namoyish qilishga hozirlanmoqda

Chamasi, Asus kompaniyasi Zenfone Max byudjet smartfonining izdoshlarini chiqarishga tayyorlanmoqda. U fevralda bo‘lib o‘tgan MWC 2018 ko‘rgazmasida debyut qilgan edi. Navbatdagi avlodning esa bir yo‘la ikkita modeli: Zenfone Max (M2) va Zenfone Max Pro (M2) taqdim etilmoqda. Ushbu qurilmalar allaqachon Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan edi.

O‘QING:8/128 GB xotirali ASUS ZenFone Ares smartfoni atigi 330 dollarga baholandi

Zenfone Max (M2) va Zenfone Max Pro (M2) ZB633KL hamda ZB631KL model raqamlarini olgan.

Taassufki, komissiya yangi qurilmalarning tavsiflarini oshkor etmagan. Faqat, samartfonlarning Android 8.0 Oreo operatsion tizimi bilan ta’minlanishi esga olingan.

Kutilishicha, ushbu yangi qurilmalar imkoniyatlari bilan ham, narxi bilan ham o‘rtacha segmentdagi qurilmalar toifasiga kiritiladi.

O‘QING:Asus ZenFone 3: yaxshi gadjet super smartfonlarning yarim narxida

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.