Atigi 145 dollarlik Xiaomi Mi 8C – hamyonbop flagmanning soddalashtirilgan versiyasi ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  4048
  •  17.10.2018 10:22

Atigi 145 dollarlik Xiaomi Mi 8C – hamyonbop flagmanning soddalashtirilgan versiyasi ham tayyor!

«Xitoycha Apple» joriy yil may oyining so‘ngida o‘zining yubiley sanasiga bag‘ishlab uch xil Mi 8 flagmanlarini namoyish etgandi. Keyinchalik esa ushbu turkum yana ikkita model bilan boyitilganidan ham xabaringiz bor.

O‘QING: Mi 8 flagmanlaridan 6 millionta sotgach, Xiaomi ularni arzonlatib yubordi!

Endi esa bu kompaniya ular qatoriga yana bitta – Xiaomi Mi 8C smartfonini ham qo‘shmoqchi. Hozircha rasman tasdiqlanmagan ushbu ma’lumotni va yangi smartfonning «jonli» suratlarini xitoylik manbalarga tayangan holda iGeekPhone resursi e’lon qilgan.

Xabarga ko‘ra, yangi smartfon may oyida taqdim qilingan eng arzon flagman – Xiaomi Mi 8 SE modelining yanada soddalashtirilgan va ixchamroq talqini bo‘ladi. Mi 8C texnik ta’minoti asosini Xiaomi’ning o‘z ishlanmasi bo‘lgan Surge S2 protsessori tashkil etadi, mazkur chip Xiaomi Mi 6C modelida ilk bor qo‘llangan edi. Yangi eng arzon flagman 4 yoki 6 gigabaytlik tezkor va 64 yoki 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Xiaomi ushbu modeliining 12 megapikselli asosiy kamerasini qo‘sh sensor bilan ta’minlagan. Old kamera esa selfi ishqibozlariga ma’qul tushadi: 16 megapikselli datchik, tag‘in unda yuzni tanish orqali tizim qulfini ochish funksiyasi ham bor.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi Mi Mix 3 taqdimoti boshqa kunga qoldirildi

Mi 8C modeli «kemtik»li ekrani, qo‘shaloq asosiy kamerasi, orqa paneldagi barmoq izi skaneri, USB Type-C porti, Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasidan ishlangan korpusi, Bluetooth 5.0 LE, Wi-Fi 802.11ac, A-GPS hamda 4G VoLTE modullari bilan ham maqtansa arziydi. Ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi ushbu arzon smartfonga qadoqdanoq MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android Pie operatsion tizim talqini o‘rnatilgan bo‘ladi.

Manbaning ta’kidlashicha, Mi 8C modeli Xiaomi kompaniyasining NFC simsiz to‘lov texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon smartfoni bo‘ladi. Uning narxi 145 AQSh dollari atrofida bo‘lishi aytilmoqda. «Xitoycha Apple»ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!