Atigi 50 dollarlik Nook Tablet 7 plansheti taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  872
  •  04.12.2018 10:06

Atigi 50 dollarlik Nook Tablet 7 plansheti taqdim etildi!

Bundan bir oy avval Barnes & Noble kompaniyasi hamyonbop Nook Tablet 10.1 planshetini namoyish qilgandi. 10 dyuymlik IPS-ekranga ega bu qurilma 130 AQSh dollariga narxlangandi.

O‘QING: Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

Endi esa bu ishlab chiqaruvchining assortimenti o‘ta arzon Nook Tablet 7 plansheti bilan boyitildi. Nomidan ham anglashilib turganidek, bu planshetning ekrani diagonaliga 7 dyuymlik. Unda IPS-matritsa qo‘llangan bo‘lib, displey tasvir aniqligi 1024x600 piksellik.

Nook Tablet 7 protsessori va tezkor xotirasi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, doimiy xotirasi esa 16 gigabaytlik ekani va microSD-karta qo‘yish mumkinligi aytilmoqda. Planshetning avtonomligi yetti soatga yetadi, u 2 va 0,3 megapikselli kameralar bilan jihozlangan.

Mazkur qurilma Barnes & Noble grafik qobig‘i ostidagi Android operatsion tizimiga ega bo‘lib, bor-yo‘g‘i 50 dollar turadi. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim ishlab chiqaruvchilarning planshetlarini 1 039 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: O‘zbekistonda endi barcha smartfon va planshetlar IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olinadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.