Atigi 56 dollar narxdagi Xiaomi Air 2 simsiz quloqchinlari taqdim qilindi!

Atigi 56 dollar narxdagi Xiaomi Air 2 simsiz quloqchinlari taqdim qilindi!

Sentyabr boshidayoq Xiaomi simsiz quloqchinlar lineykasida yangi model paydo bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Bugungi Xiaomi Mi 9 Pro 5G va Xiaomi Mi Mix Alpha’ga bag‘ishlangan press-konferensiyada ushbu quloqchinlarning qisqacha anonsi bo‘lib o‘tdi.

Kutilganidek, AirDots tipidagi uzundan-uzun: Mi True Wireless Earphones o‘rniga, soddagina qilib Air 2 deb nom berilgan.

Xiaomi Mi Air 2

Yangi quloqchinlarning to‘liq xususiyatlari haqida konferensiyada ma’lumot berilmagan, biroq allaqachon 56 dollardan voz kechgan holda simsiz quloqchinni sotib olish mumkin.

Представлены беспроводные наушники Xiaomi Air 2

Namoyishda shuningdek, MIUI 11 tizimida ishlovchi smartfonlar bilan quloqchinlarni sinxronizatsiya qilish bir dona teginish evaziga amalga oshishi aytib o‘tilgan.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!