Auksionda bu disketaga nega 7 500 dollarlik boshlang‘ich narx qo‘yildi?

  •   DiMaX
  •  870
  •  27.11.2019 13:09

Auksionda bu disketaga nega 7 500 dollarlik boshlang‘ich narx qo‘yildi?

RR Auction auksionida noodatiy lot – Macintosh disketasi o‘ta qimmat narxda savdoga qo‘yildi. Sababi – unga naq afsonaviy Apple asoschisining shaxsan o‘zi imzo chekkan!

O‘QING: Apple asoschisi o‘zining eng sevimli gadjetini aytdi – bu iPhone emas!

Boshlang‘ich narxi 7 500 dollar bo‘lgan ushbu lot tavsifida shunday deyilgan:

«Macintosh System Tools Version 6.0 disketasi, qora ruchkada imzolangan, a’lo darajada saqlangan. Stiv Jobs imzosining ancha noyob nusxasi, chunki u o‘z imzosini tarqatishni yoqtirmagan. Mazkur namuna kompyuter texnologiyalari tarixiga daxldor».

Auksion allaqachon bo‘lib o‘tmoqda, Apple ilk rahbari imzolagan disketa narxi hali ancha ko‘tarilishi ham mumkin.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!