Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

  •   DiMaX
  •  7297
  •  04.02.2020 08:59

Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik gigantning Galaxy S20 smartfonlar oilasi haqida yangi ma’lumotlar berishda davom etmoqda. Twitter tarmog‘ida u e’lon qilgan navbatdagi xabar mazkur flagmanlarning ajoyib yangi funksiyasi xususidadir.

O‘QING: Galaxy S20 qachondan sotuvga chiqishi rasman ma’lum bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, flagmanlar oilasi bir vaqtning o‘zida bosh kameraning har uchala (asosiy, keng burchakli va teleob’yektivli) modullari yordamida alohida-alohida rasmga tushirishga va videoga olishga qodir. Ushbu xususiyat standart Galaxy S20 modelida ham, yanada ilg‘or Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarida ham bor.

Manbaga ko‘ra, kameraning barcha sensorlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish funksiyasi Quick Take deya nom olgan. Unda foto yoki video suratga olgach, foydalanuvchi galereyani ochib, qaysi kamerada olingani yaxshi chiqqan bo‘lsa, o‘shani tanlab saqlashi va qolganlarini o‘chirib yuborishi mumkin.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, 2018 yili taqdim etilgan LG V40 smartfonida ham shunday funksiya mavjud bo‘lib, u Triple Shot deb atalgan. Asosiy raqibning iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max flagmanlariga kelsak, ular uchun yaqinda taqdim etilgan DoubleTake ilovasi bir vaqtning o‘zida ikkita kamerada video yozib olish imkonini beradi.

O‘QING: Huawei endi Samsung’ga qaqshatqich zarba berish yo‘lini topdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!