Barcha smartfonlarga Android 11 chiqish sanasini Google tasodifan «sotib» qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1914
  •  09.07.2020 16:15

Barcha smartfonlarga Android 11 chiqish sanasini Google tasodifan «sotib» qo‘ydi

Avvalroq Google sakkizta smartfon uchun Android 11 tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan edi. Yaqinda esa uning ikkinchi sinov talqini ham chiqqan.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Yakuniy talqindagi Android 11 operatsion tizim talqinining keng foydalanuvchilar ommasiga qachon taqdim etilishini esa kompaniya hali rasman aytmagan. Shunga qaramasdan, Google dasturchilari o‘zlari bilmagan holda uning namoyish kunini «sotib» qo‘yishdi.

Barqaror Android 11 relizi sanasi Hey Google Smart Home onlayn-konferensiyasi davomida, slaydlardan birida tasodifan aks ettirilgan:

Demak, yakuniy versiyadagi Android 11 operatsion tizimini joriy yilning 8 sentyabrida namoyish etishadi. «Aqlli uy» qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yangi operatsion tizimga tayyorlash uchun qilishlari kerak bo‘lgan amallar ro‘yxatida ayni shu sana ko‘rsatilgan. O‘tgan yili yakuniy Android 10 tizim talqini 3 sentyabrda chiqqanini hisobga olsak, yuqoridagi sana mantiqqa mos kelyapti.

Yana bir qiziq jihati – taqdimot sanasi fosh bo‘lib qolgani aniqlanganidan so‘ng, YouTube videoxostingidan Hey Google Smart Home tadbirining translyasiyasini tomosha qilish imkoni ham cheklab qo‘yilgan. Google esa jurnalistlarga Android 11 yakuniy talqinining reliz sanasi borasida hali bir qarorga kelmaganliklarini aytgan.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!