Barcha Xiaomi smartfonlari uchun eng kerakli ilova chiqdi!

  •   DiMaX
  •  8699
  •  31.01.2018 21:37

Barcha Xiaomi smartfonlari uchun eng kerakli ilova chiqdi!

Haqli ravishda «xitoycha Apple» deya tavsiflanuvchi Xiaomi kompaniyasi turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ammo dunyo bo‘ylab uning aynan smartfonlari ko‘proq mashhur va buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Shuningdek, Mi A1 va hali taqdim etilmagan Mi A2’dan tashqari barcha modellardagi Xiaomi smartfonlari uchun kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan Android operatsion tizimining maxsus grafik qobig‘i – MIUI proshivkalari ham o‘ziga yarasha qulayliklarga ega. Mazkur proshivkalar muntazam tarzda yangilanib, foydalanuvchilarga qulayliklar taqdim etilib turadi.

Biroq dunyo bo‘ylab turli Xiaomi smartfonlariga MIUI proshivkalari bir xilda tarqalmasligi ba’zida kishining g‘ashiga tegadi. Agarda proshivka yangilanishlari «havodan» kelmasa, smartfon foydalanuvchisi operatsion tizimni yangilash uchun kompaniyaning rasmiy saytiga kirib, yangi talqini faylini izlab topishi va o‘zi o‘rnatishi kerak bo‘ladi.

O‘QING: Millionlab Xiaomi smartfonlari egalarining yana omadi kelmadi

Shu kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, XDA Developers forumidagi yshalsager nikli dasturchi Xiaomi Firmware Updater degan yangi ilova ishlab chiqdi. Nomidan ham anglashilib turganidek, u Xiaomi smartfonlarining proshivkasini yangilovchi dastur hisoblanadi.

Xullas, Xiaomi Firmware Updater ilovasi smartfon proshivkasini yangilash jarayonini soddalashtiradi. Foydalanuvchi uni o‘z qurilmasiga o‘rnatib olib, ishga tushirsa, Xiaomi serverlarida mazkur model uchun yangi proshivka chiqqan-chiqmaganini avtomatik tarzda tekshiradi. Agar MIUI’ning yangi talqini chiqqan bo‘lsa, smartfonga o‘zi yuklab oladi. Shu tariqa, u Xiaomi smartfonlariga rasmiy proshivkalarni o‘rnatish jarayonini soddalashtirib berishi bilan juda kerakli ilovadir.

O‘QING: Xiaomi MIUI 10’ni rasman namoyish etdi

Xiaomi Firmware Updater utilitasi sharofati bilan barcha «xitoycha Apple» smartfonlari egalari MIUI’ning eng so‘nggi talqinigacha yangilanib olishlari, so‘ng esa keyingi barcha yangilanishlarni bemalol «havodan» olaverishlari mumkin.

Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, bu utilita Xiaomi’ning barcha modellariga ham mos tushavermasligi mumkin. Ammo allaqachon ko‘pchilik smartfonlarga mos tushishi aniqlangan va shu rusumlardagi qurilmalar egalari uni hoziroq o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Xiaomi endi Apple va Samsung’ga zarba beryapti!

Mana, hozircha Xiaomi Firmware Updater aniq mos tushadigan smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

  • HM3: Xiaomi Redmi 3 (ido)
  • HM3S: Xiaomi Redmi 3S/Prime/3X (land)
  • HM4: Xiaomi Redmi 4 (prada)
  • HM4A: Xiaomi Redmi 4A (rolex)
  • HM4Pro: Xiaomi Redmi 4 Prime (markw)
  • HM4X: Xiaomi Redmi 4X (santoni)
  • HM5: Xiaomi Redmi 5 (rosy)
  • HM5A: Xiaomi Redmi 5A (riva)
  • HM5Plus: Xiaomi Redmi 5 Plus (vince)
  • HMNote3Pro: Xiaomi Redmi Note 3 Pro (kenzo)
  • HMNote3ProtwGlobal: Xiaomi Redmi Note 3 Special Edition (kate)
  • HMNote4: Xiaomi Redmi Note 4 (nikel)
  • HMNote4X: Xiaomi Redmi Note 4X (mido)
  • HMNote5A: Xiaomi Redmi Note 5A Prime (ugg)
  • HMNote5ALITE: Xiaomi Redmi Note 5A (ugglite)
  • HMPro: Xiaomi Redmi Pro (omega)
  • MI4c: Xiaomi Mi 4c (libra)
  • MI4s: Xiaomi Mi 4S (aqua)
  • MI5: Xiaomi Mi 5 (gemini)
  • MI5S: Xiaomi Mi 5s (capricorn)
  • MI5SPlus: Xiaomi Mi 5s Plus (natrium)
  • MI5X: Xiaomi Mi 5X (tiffany)
  • MI6: Xiaomi Mi 6 (sagit)
  • MIMAX: Xiaomi Mi Max (hydrogen)
  • MIMAX2: Xiaomi Mi Max 2 (oxygen)
  • MIMAX652: Xiaomi Mi Max Prime (helium)
  • MIMIX: Xiaomi Mi MIX (lithium)
  • MIMIX2: Xiaomi Mi MIX 2 (chiron)
  • MINote: Xiaomi Mi Note (virgo)
  • MINote2: Xiaomi Mi Note 2 (scorpio)
  • MINote3: Xiaomi Mi Note 3 (jason)
  • MIPAD3: Xiaomi Mi Pad 3 (cappu)

Xiaomi Firmware Updater ilovasini mana bu havola orqali dasturchining rasmiy saytidan ko‘chirib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.