Barchasi pulni deb: sobiq dasturchining aytganlari

  •   Saroy
  •  1295
  •  21.06.2018 10:26

Barchasi pulni deb: sobiq dasturchining aytganlari

Platforma egalari va dasturchilar soha ishtirokchilarini birlashtirish poyida yurgan bir paytda, Sony kompaniyasi mudofaani mustahkamlash bilan ovora bo‘lmoqda. Masalan, Microsoft kompaniyasi  Nintendo bilan shartnoma imzoladi,  Epic Games esa, smartfonlarda  Fortnite o‘yinchilarini birlashtirdi, faqat PlayStation 4 dan tashqari. Bundan to‘rt kun avval Fortnite Switch’ni ham o‘ziga jalb qilmoqchi edi, ammo ma’lum bo‘ldiki,  PS4’ga bog‘langan Epic Games akkaunti  Nintendo konsoliga to‘g‘ri kelmas ekan. 

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Qalbaki o‘yinlar tobora ommalashib bormoqda

2015 yilda nomini Sony Online Entertainment’ga o‘zgartirgan  Daybreak Game Company sobiq rahbari Jon Smedli ushbu harakatning sabablarini aytib berdi. Uning aytganlaridan shuni tushunish mumkinki, hamma gap pulga borib taqalgan.

«Darvoqe, men Sony’da ishlaganimda pul bor edi. Lekin ularga kimdir  Xbox’da nimadir sotib olsa va keyin uni PlayStation’da ishlatsa aslo yoqmasdi. Bor gap shu. Axmoqana sabab, lekin shunday», — deb yozadi Smedli.

Smedlining ta’kidlashicha agar hamjamiyat Sony’ga bosim o‘tkazsa, muammo hal bo‘ladi. O‘shanda yaponlar yon bosar, lekin bu, dasturchilar bosimi ostida yuz berishi mumkin. Epic Games, Blizzard va hatto Electronic Arts platformalar orasidagi kross-pleye haqida o‘ylamoqda. Agar Sony qarshilikni davom ettiraversa soha ishtirokchilari yopiq orolda “tashqi dunyodan” uzilib qoladi.

O‘QING: Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?