Beeline Uzbekistan yana bosh direktorsiz qoldimi?

  •   DiMaX
  •  1002
  •  11.03.2021 15:08

Beeline Uzbekistan yana bosh direktorsiz qoldimi?

2020 yilning oktyabrida Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin muddatidan avval ishdan olingan edi. Kuni kecha esa ushbu lavozimga 2021 yil 15 martdan Artashes Davtyan tayinlangani ma’lum bo‘lgan. Lekin...

O‘QING: Beeline abonentlari uchun ajoyib yangilik!

Beeline’ning bosh direktori lavozimiga tayinlanib bo‘lgan Artashes Davtyan hali Toshkentga yetib kelmasdanoq o‘z lavozimidan voz kechgan. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni Gollandiyaning VEON telekommunikatsiya xolding kompaniyasi Gillette, PepsiCo va Mars shirkatlarida tajribaga ega top-menejer Artashes Davtyanni Unitel MChJ rahbari etib tayinlaganini e’lon qilgan edi. Biroq, bugungi kunda kompaniyadagi manbalardan ma’lum bo‘lishicha, yangi bosh direktor Beeline’da ishlashni kutilmagan tarzda rad etganligi sababli uning tashrifi bekor qilingan.

Unitel MChJga qarshi olib borilgan tergovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rahbarning chekinishiga sabab bo‘lganmi, yo‘qmi, noma’lum, ammo nima bo‘lganda ham ushbu tayinlanish Beeline tarixidagi eng qisqa muddatli kareraga aylanishi mumkin. Ayni paytda VEON o‘z saytidan hafta boshida Davtyanning tayinlanishi haqidagi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng tarqatilgan press-relizni olib tashlagan.

O‘QING: Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!