Beeline xodimlari TATUda ochiq ma’ruzalar o‘qishadi

Beeline xodimlari TATUda ochiq ma’ruzalar o‘qishadi

Beeline Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan birgalikda 2018 yilda boshlangan TUIT Mobile loyihasini davom ettirmoqda. Kompaniyaning texnik va IT bo‘linmalari xodimlari TATU talabalarini Beeline‘ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashga o‘rgatishadi. 3G va 4G tarmoqlarida maxsus o‘rnatiladigan tayanch stansiyalar yordamida talabalar TATUning asosiy binosi hududida real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta’minlay olishadi.

O‘QING: TUIT Mobile uyali aloqa operatori ishga tushirildi

“Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya sohasi uchun bitiruvchilarni tayyorlaydigan asosiy universitet hisoblanadi. Beeline‘ning texnik mutaxassislarining qariyb 30 foizi TATU bitiruvchilari ekanlikalari ham e’tiborga loyiq,  – deydi Unitel MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov. – Kasbiy yo‘nalish doirasida biz mobil laboratoriyani jihozladik va sentyabrdan boshlab talabalar bilan tizimli mashg‘ulotlar tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi kelgusida AKT mutaxassislari uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga yordam beradi”.

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev: «O‘tgan yili O‘zbekiston tarixida birinchi marta TUIT Mobile mobil aloqa operatori va amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya ishga tushirilgan edi. Bu o‘quv jarayonini sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, bundan tashqari, bu mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari bilan hamkorlikdagi yangi bosqichga turtki berdi. Bugungi kunda TATUda talabalar uchun Beeline mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan birinchi ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi. Kelgusida mintaqaviy filiallarda shunga o‘xshash sinflar orqali hamkorlikni mintaqaviy darajada olib borishni rejalashtirganmiz».

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Beeline‘ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari TATU talabalari bilan birgalikda sinovli aloqani amalga oshirdilar va tayanch stansiyalarini ishga tushirdilar. TUIT Mobile to‘liq komplektatsiyaga ega:  BaseBand Unit (signal ishlab chiqarishni ta’minlovchi blok), Remote Radio Unit (tashqariga chiqariladigan radioblok), antenna-fiderli trakt, transmissiyali bo‘lim, quvvatni boshqarish bo‘limi. Boshqacha qilib aytganda, bu trening yoki test uskunasi emas, balki butunlay mustaqil texnologik o‘rnatuv.

O‘QING: Beeline cheksiz trafik bilan TV tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi avlod onlayn-kinoteatrini ishga tushirmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!