Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  1508
  •  05.09.2018 09:29

Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi navbatdagi flagmanlaridan biriga naq beshta ob’yektivli kamera o‘rnatishi haqida avval ham xabarlar berganmiz. Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera»  atamalarini qo‘llashyapti.

O‘QING: Besh kamerali ilk smartfon – Nokia X yana bir xususiyati bilan dunyoda tengsiz

Mazkur kameraning qanday ishlashini izohlovchi bir nechta chizma va render suratlar e’lon qilingan. Kecha – 4 sentyabr kuni esa ushbu g‘ayrioddiy smartfonning birinchi «jonli» rasmi ham internet kengliklariga chiqdi.

Ko‘rib turganingizdek, gadjetning korpusida oltita tirqish mavjud, ulardan biriga fotochaqnoq o‘rnatilganligi aniq. Qolgan beshtasining hammasi ham kamera ob’yektivi bo‘lmasligi, ulardan bittasida lazerli avtofokus yordamchisi joylanishi ham mumkin.

O‘QING: To‘qqiz kamerali smartfon: arzon bo‘lmasligi aniq

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarda Nokia flagmani birinchi bo‘lib ko‘p modulli Light kamerasiga ega bo‘lishi va iPhone X’dan qimmat baholanishi ham aytilgandi. O‘shanda e’lon qilingan konsept tasvirlardagi datchiklarning joylashuvi ham yuqoridagi qurilmadagiga juda o‘xshash

Ammo shunisi ham borki, afsonaviy smartfonsoz ushbu modelida Light emas, balki Carl Zeiss kompaniyasi ishlanmasi bo‘lgan kamera qo‘llashi ko‘proq ta’kidlangan. Hatto ushbu kompaniya o‘zining Twitter-sahifasida antiqa kameraning ishlash prinsipini ko‘rsatuvchi videolavha ham e’lon qilgan. Unda shu turdagi kamerani joriy yilning o‘zida Nokia qurilmalaridan birida ko‘rishimiz mumkinligi ta’kidlangan.

O‘QING: Nokia 10’ning beshtalik kamerasi qanday ishlashini Carl Zeiss videoda ko‘rsatib berdi