Bilasizmi, mobil internet eng ko‘p qayerda ishlatiladi?

  •   DiMaX
  •  2628
  •  21.06.2019 10:58

Bilasizmi, mobil internet eng ko‘p qayerda ishlatiladi?

Ericsson kompaniyasi tahlilchilari butun dunyoda uyali aloqa tarmoqlarining rivojlanishiga oid hisobotni e’lon qilishdi. Katta hajmli ushbu hujjatda mazkur yo‘nalishga tegishli juda ko‘p ma’lumot mavjud, ammo hozir ulardan faqat bitta bandiga e’tibor qaratamiz.

O‘QING: Internet qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Hisobotga ko‘ra, o‘rta hisobda bitta smartfonga to‘g‘ri keladigan mobil trafik hajmi bo‘yicha barcha mamlakatlar orasida Hindiston birinchi o‘rinda ekan. Aniqroq qilib aytganda, «Fillar o‘lkasi»dagi smartfonlar uyali aloqa modemini qo‘llagan holda bir oyda o‘rtacha 9,8 gigabayt ma’lumot qabul qilar ekan!

Mamlakatdagi ushbu vaziyat Hindiston kommunikatsiya xizmatlari bozorining rivojlanish xususiyatlari bilan izohlanadi. U yerda mobil operatorlar aynan uyali aloqa tarmoqlarini va ular bilan bog‘liq mahsulotlarni rivojlantirishga sarmoya tikmoqdalar. Oddiy simli internetning taraqqiyoti esa bu mamlakatda anchagina sust.

O‘QING: Hindistonni «Jio’lashtirish»: 1,3 milliard aholini BEPUL 4G-aloqa bilan ta’minlab, internetni 5 karra arzonlatgan milliarder!

Shunisi ham borki, undan keyingi o‘rinlarda kelayotgan ikkita o‘rin ham Hindistondan ancha orqada. Shimoli-Sharqiy Osiyoda mazkur ko‘rsatkich 7,1 gigabaytga teng bo‘lsa, Shimolik Amerikada 7 gigabaytni tashkil etadi. Tadqiqot olib borilgan bozorlar orasida eng past ko‘rsatkich esa O‘rta Sharq va Afrikaga tegishli – u yerlarda o‘rta hisobda bitta smartfon har oyda 3 GB trafik ishlatadi.

Biroq mazkur mamlakat yaqin orada mobil trafik ishlatilishi bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan boy beradigan ko‘rinadi. Yuqoridagi grafikka qaraganda, Shimolik Amerika yana besh yildan so‘ng bu borada Hindistondan ikki baravar oshib ketadi. Buning sababi esa rivojlangan mamlakatlarda 5G tarmog‘ining joriy etilayotganidadir – beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida mobil internet tezroq va ko‘proq ishlaydi.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?