Biryo‘la 13 ta yo‘nalishda rekordchi yangi smartfonni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2318
  •  03.04.2020 12:38

Biryo‘la 13 ta yo‘nalishda rekordchi yangi smartfonni bilasizmi?

OnePlus kompaniyasi «flagmanlar kushandalari» bo‘lmish smartfonlari bilan ancha tanilgan. CES 2020 ko‘rgazmasida u dunyoda birinchi «yashirin kamera»li Concept One telefonini namoyish qilgan edi.

O‘QING: OnePlus 8 Pro birinchi rasmiy suratlarda

Mazkur kompaniya asoschisi va bosh direktori Pit Lau (Pete Lau) o‘zining Twitter-akkauntida qiziq chiqish qilgan. Uning yozishicha, hali taqdim qilinmagan OnePlus 8 Pro smartfoni birvarakayiga 13 xil turli rekordlarni qayd etadi.

Pit Lau mazkur tvitini DisplayMate laboratoriyasining postiga izoh sifatida yozgan – laboratoriya mutaxassislari OnePlus 8 Pro ekraniga maksimal ball qo‘yib, uni eng zo‘r displeyga ega smartfon, deya e’tirof etishgandi.

O‘QING: Xitoyliklar allaqachon ekrani barcha Galaxy S20’lardan kuchli smartfon tayyorlashdi! (+«jonli» surat)

Afsuski, OnePlus kompaniyasi rahbari tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmagan – 13 ta rekordning aynan qaysi yo‘nalishlarga tegishli ekanini hozircha faqat taxmin qilish mumkin. Izohlarda fanatlar mazkur flagmanning a’lo kamera va yuksak samaradorlikka ham ega bo‘lishiga umid bildirishgan.

Hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, OnePlus 8 Pro diagonaliga 6,65 dyuymlik ekran bilan ta’minlangan va unda kadr almashish chastotasi 120 gersga teng. Smartfon ayni damdagi eng ilg‘or Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi. Uning 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa 30 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

OnePlus 8 hamda OnePlus 8 Pro smartfonlarining rasmiy taqdimoti 14 aprelda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Zo‘r imkoniyat: OnePlus flagmanini tekinga qo‘lga kiriting!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!