Black Shark 2 taqdimot sanasini Xiaomi rasman tasdiqladi! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  1086
  •  18.10.2018 18:31

Black Shark 2 taqdimot sanasini Xiaomi rasman tasdiqladi! (+«jonli» suratlar)

Kuni kecha «xitoycha Apple»ning ikkinchi avlod geymerofonining 23 oktyabrda taqdim etilishi haqida xabar tarqalgandi. Bugun – 18 oktyabr kuni Xiaomi buni rasman tasdiqlovchi tizerini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 2 taqdimot kuni ma’lum, ammo u allaqachon Geekbench’da muxlislarni xafa qildi

Xiaomi kompaniyasi bugun e’lon qilgan posterda Black Shark logotipi, unga tegishli xitoycha yozuvlar hamda inglizchada «5 kun qoldi» yozuvi tushirilgan.

Bundan tashqari, internetga Black Shark 2 smartfonining yangi «jonli» rasmlari ham chiqdi:

Aytish kerakki, Xiaomi geymerlarga mo‘ljallangan Black Shark 2 modeli taqdimotidan ikki kun o‘tib, rekord darajadagi innovatsiyalarga ega Mi Mix 3 flagmanini va Mi Note 4 (yana bir nomi – Xiaomi LEX) fabletini taqdim etadi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.