«BOLAJON» tarif rejasi: 200 daqiqa va 200 SMS, 2000 megabayt!

  •   DiMaX
  •  22336
  •  03.06.2020 12:57

«BOLAJON» tarif rejasi: 200 daqiqa va 200 SMS, 2000 megabayt!

UZTELECOM milliy uyali aloqa operatori eng jajji farzandlaringiz uchun ishonchli va xavfsiz «BOLAJON» tarif rejasini joriy etdi. Bu xususda «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi rasmiy sayti xabar bergan.

O‘QING: Speedtest: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida simli va mobil internet tezligi oshdi

«BOLAJON» tarifi yordamida farzandingiz ZiyoNET portalidan faqat yuqori sifatli va rivojlantiruvchi ma’lumotlarni olishlari uchun Internetdan xavfsiz foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Har qanday yot internet-trafiklar bloklanadi va bolangizni zararli ta’sirdan va chalg‘itadigan ma’lumotlardan himoya qiladi.

Ushbu tarif rejasida abonent to‘lovi 18 000 so‘mni tashkil etadi. Uning doirasida oyiga 200 daqiqa va 200 SMS-xabar, shuningdek, 2 000 megabaytlik internet-trafik limiti beriladi.

«BOLAJON» tarifi haqidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Yigirmata saytga bepul kirish muddati naq 30 iyungacha uzaytirildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!