«Bonuslar mavsumi» ochildi: teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS oling!

  •   DiMaX
  •  8666
  •  10.09.2020 17:30

«Bonuslar mavsumi» ochildi: teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS oling!

Yaqinda Ucell aloqa operatori biryo‘la ikkita xushxabar ulashgan edi: bulardan biri – ta’limiy internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish muddatining uzaytirilishi bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli raqamlar uchun 90 foizlik chegirmadir. Bundan tashqari...

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

Mazkur kompaniya endi Ucell abonenti bo‘lishni istovchilar uchun ajoyib yangilik – «Bonuslar mavsumi» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida 2020 yilning 9 noyabriga qadar muayyan tarif rejalariga yangi ulangan abonentga bir martalik bonus beriladi. Mazkur bonus esa naq 1 gigabayt hajmida internet-trafik, shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun ming daqiqa va mingta SMS-xabarni o‘z ichiga oladi!

Yangi abonentlarga bonus tarzida taqdim etiluvchi ushbu limitlarning amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi. Xizmatning holatini bilish va/yoki bonuslar limitining qoldig‘ini tekshirish uchun abonent *636# USSD-so‘rovini terishi lozim bo‘ladi.

«Bonuslar mavsumi» aksiyasining shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali Ucell saytiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: «DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!