BOSHLANDI: Galaxy S20’larning eng maqtalgan jihatida muammolar chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  3243
  •  28.02.2020 11:42

BOSHLANDI: Galaxy S20’larning eng maqtalgan jihatida muammolar chiqyapti!

Samsung yaqinda Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarini namoyish qilgan bo‘lib, ayrim mamlakatlarda ular sotuvga ham chiqib ulgurgan. Shuningdek, kompaniyaning o‘zi ayrim nufuzli nashrlarga tavsif uchun bu modellardan taqdim etgan.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Janubiy koreyalik texnogigantning ushbu smartfonlari, xususan, kompaniya asosiy urg‘uni qaratgan jihat – ularning kameralari borasida bildirilgan fikrlar esa turli-tuman bo‘ldi. Ular Samsung maqtaganidek yaxshi suratga oladi, ammo vaqti-vaqti bilan muammolar ham kuzatiladi.

Jumladan, Galaxy S20 flagmanlarini ilk bor sinab ko‘rgan jurnalistlar va foydalanuvchilar ularning kameralarida ikkita muammoni ko‘p ta’kidlashgan. Bulardan birinchisi – rasmga tushirayotganda fokusirovka uchun ko‘p vaqt sarflanadi, ba’zida hatto kamera fokus ola olmay qoladi. Ikkinchisi esa – bu smartfonda odamlarni suratga tushirganda, ularning yuzlarini o‘ta sip-silliq qilib chiqaradi. Hattoki kamerasi naq 108 megapiksellik asosiy modulga va yuqori darajadagi detallashtirishga ega bo‘lgan Galaxy S20 Ultra ham yuzdagi mayda detallarni payqamasdan, terini bir tekis qilib chiqaradi.

Foydalanuvchilarning shikoyatlaridan tashqari, bu muammolarga The Verge, PC Mag hamda Input kabi nashrlar ham e’tibor qaratishgan. Samsung kompaniyasi bunga tezkorlik bilan munosabat bildirib, Galaxy S20 turkumidagi smartfonlar kamerasini yaxshilashga va’da bergan. Biroq muammoni aynan qay yo‘sinda hal etishiga aniqlik kiritmagan; har holda, buni dasturiy ta’minot yangilanishi doirasida amalga oshirsa kerak.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!