BOShLANDI: Gollandiya allaqachon Rossiyaga «kiber-urush» e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1465
  •  15.10.2018 12:28

BOShLANDI: Gollandiya allaqachon Rossiyaga «kiber-urush» e’lon qildi!

Texnologiyalar rivojlanishi sababli ular mamlakatlar mudofaasi va harbiy sohalarga ham jadal kirib bormoqda. Endilikda turli davlatlar orasida ochiq maydondagi urushlar yoki yadro urushidan ham ko‘ra, kiber-urushlar bo‘lishi xavfi yuqoriroq, deyishmoqda kuzatuvchilar.

O‘QING: Kim birinchi boshlaydi? Rossiya, AQSh yoki Xitoy

Shulardan birinchisini kecha – 2018 yilning 14 oktyabrida boshlandi, deyishga ham asos bor. Gollandiya ayni damda Rossiya bilan «kiber-urush» holatidadir. Bu haqda kecha WNL kanaliga bergan intervyusida mamlakat mudofaa vaziri Ank Beyleveld ma’lum qilgan.

Vaziyat joriy yilning aprelida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotida shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan voqea bilan bog‘liq. O‘shanda mazkur xalqaro tashkilotga Rossiya xakerlari hujum uyushtirishga urinishgan.

«Bo‘lib o‘tgan voqea haqiqatan ham xavfli», – degan Beyleveld xonim. «Ikki mamlakat orasidagi ayni damdagi vaziyatni kiber-urush, deb atash mumkinmi?» degan savolga esa u: «Ha, shunday bo‘lyapti», deya javob bergan.

O‘QING: AQSh afsonaviy quroliga qaytadan jon bag‘ishladi

Xabarga ko‘ra, xakerlik hujumi urinishidan so‘ng Gollandiya mudofaa vazirligi «kiber-urush» holati uchun o‘z byudjetini oshirgan.

«Biz razvedka xizmatlariga ko‘proq mablag‘ yo‘naltira boshladik, chunki nimalar bo‘layotganini ko‘ra olishimiz va zarurat tug‘ilsa choralar qo‘llay bilishimiz darkor», degan mudofaa vaziri. Shuningdek, Beyleveld xonimning ta’kidlashicha, Gollandiyaning «kiberjangchi» qo‘llash taklifini NATO ham ko‘rib chiqqan.

O‘QING: AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi