Boshlanishiga 45 millionta buyurtma

  •   Saroy
  •  1574
  •  20.06.2018 09:59

Boshlanishiga 45 millionta buyurtma

Apple kelayotgan sentyabr oyida bir yo‘la uchta yangi smartfon taqdim etishni mo‘ljallamoqda. Koreyaning The Bell nashri ma’lum qilishicha, kompaniya  qurilmalarni sotuvga chiqarish arafasidayoq,  bir yo‘la 45 millionta buyurtma yig‘ishni rejalashtirgan, u ham bo‘lsa, faqat  eng qimmat 6,5 dyuymli OLED-ekraniga ega smartfonlar uchun.

Apple kompaniyasi diagonali 5,44 dyuym bo‘lgan OLED-ekranli kichik flagman modeli uchun 25 millonta buyurtmani ko‘zlab turibdi. Yangi lineykadagi  6,1 dyum bo‘lgan  LCD-ekranli eng arzon modeli uchun esa,  buyurtmalar soni 30 million donaga yetishidan umid qilmoqda.

O‘QING: Romsiz iPhone SE 2: ushalmas orzuga aylandi

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 6,5 dyumli flagman iPhone sotuvi start olgan   ilk kunlarda iPhone X’dan qimmat bo‘ladi.  Ushbu  model kompaniyaga top modellar assortimentini ko‘paytirishga yordam berishi kerak. Biroq, bularning barchasi eng qimmat smartfonning xaridorgir bo‘lishiga halaqit bermasligi lozim.

Koreya nashri manbalarida qo‘shimcha qilinishicha, kompaniya yana ixcham korpusga ega  qo‘shimcha model haqida ham bosh qotirmoqda. Chamasi, gap eng ommabop iPhone SE modelini davom ettirish haqida bormoqda. Biroq,  Apple joriy yilda bunday smartfon chiqarmoqchi emas.

O‘QING: O‘zi 100 dollar, lekin 1000 dollarlik flagmanlarni ortda qoldirmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!