«Bo‘ydoqlar kuni»da AliExpress’dan katta chegirma bilan poverbank va quloqchinlar xarid qiling!

  •   DiMaX
  •  2386
  •  08.11.2018 16:59

«Bo‘ydoqlar kuni»da AliExpress’dan katta chegirma bilan poverbank va quloqchinlar xarid qiling!

Dunyoga mashhur AliExpress onlayn savdo maydonchasida turli sanalar munosabati bilan chegirmalar bo‘lib turadi. Ayrim tovarlarga ayni shu pallalarda buyurtma berib, samarali xarid qilish imkoni bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

Jumladan, navbatdagi yirik chegirma «Butunjahon shoping kuni»da – Xitoy an’anasiga ko‘ra «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataluvchi 11 noyabr sanasida amalga oshiriladi. E’tibor bering: mazkur chegirmalar faqat bir kun – 11 noyabr sanasi mobaynida amalda bo‘ladi. Shu bois, bu fursatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, chegirmadagi tovarlar ro‘yxatini hozirdanoq ko‘zdan kechirib, o‘zingizga kerakli gadjet uchun buyurtma berishni rejalashtirib qo‘yganingiz ma’qul. Aksiya boshlanishi bilan esa tezda unga buyurtmani rasmiylashtirishingiz lozim, aks holda ulgurmasligingiz ham mumkin.

Xullas, bugun sizlarga AliExpress internet-bozoridagi ayrim poverbank va quloqchinlarni sotib olishni tavsiya etmoqchimiz. Marhamat, quyida ularning qisqacha xususiyatlari bilan tanishib chiqishingiz, har biridagi «Sotib olish» so‘ziga joylangan havola orqali uning sahifasiga o‘tib, batafsil o‘rganishingiz va xarid qilishingiz mumkin.

  1. Qi Wireless Power Bank – smartfoningizni simsiz quvvatlovchi portativ akkumulyator.

Mazkur poverbankning tok sig‘imi 10 000 mA/soatni tashkil etadi – bu esa o‘rtacha smartfonlarning batareyalarini uch marta to‘ldirishga yetarli! Uning yordamida turli qurilmalaringizni nafaqat simsiz, balki an’anaviy usulda – USB Type-C hamda oddiy MicroUSB-kabel orqali ham quvvatlashingiz mumkin.

Qi Wireless Power Bank’ning barcha xususiyatlari, suratlari bilan batafsil tanishib chiqish hamda 12.99 dollarga xarid qilish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘ting.

  1. ROCK QI Wireless Charger Power Bank – raqamli displeyga ega simsiz quvvatlash poverbanki.

Ushbu qurilmaning afzalliklaridan biri – quvvati necha foiz ekanini ko‘rsatib turuvchi ekranidir. Tok sig‘imi 8 000 mA/soatga teng, uch xil rangdan birini tanlash mumkin. Har xil qurilmalarni simsiz yoki kabel orqali quvvatlay oladi, chiroyli va ixcham korpusga ega.

ROCK QI Wireless Charger Power Bank barcha jihatlarini ko‘rib chiqish, rasmlari bilan tanishish va 16.68 dollarga olish uchun ushbu havola orqali uning xarid sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

  1. Baseus Dual USB LCD Powerbank – yupqagina korpusga va raqamli displeyga ega poverbank.

Bu devays korpusi yupqa bo‘lishiga qaramadan, «bag‘ri keng» – naq 10 000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Qulay dizayni, cho‘ntakka bemalol sig‘ib ketishi bilan ham e’tiborga loyiq.

Baseus Dual USB LCD Powerbank’ning video va suratlarini ko‘rish, xususiyatlari bilan bafurja tanishish hamda 16.78 dollarga sotib olish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.

  1. Baseus 20000mAh Quick Charge 3.0 Power Bank – ham «bag‘rikeng, ham tezkor quvvatlovchi moslama!

Nomidan ko‘rinib turganidek, ushbu poverbank naq 20 000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Yuqoridagilardan yana bir afzalligi – tegishli qurilmalarni Quick Charge 3.0 texnologiyasiga ko‘ra tezkor quvvatlay olishidir. Bir vaqtning o‘zida uchtagacha devaysga tok yetkazib bera oladi, u bilan uzoq safarlarda ham qiynalib qolmaysiz.

Baseus 20000mAh Quick Charge 3.0 Power Bank xususiyatlari, rasmlari bilan batafsil tanishish va 24.91 dollar evaziga olish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tasiz.

  1. Xiaomi Mi Power Bank 2 10000mAh Quick Charge External Battery Powerbank – xalqparvar kompaniyaning ishonchli poverbanki.

Xiaomi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu quvvat saqlagich 10 000 mA/soat tok sig‘imiga ega. Alyuminiy korpusli ushbu gadjet yordamida smartfon va boshqa qurilmalaringizni tezkor quvvatlash imkoni bor.

Xiaomi Mi Power Bank 2’ning jihatlari, rasmlari bilan tanishib, 18.99 dollarga sotib olish uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

  1. Tourya B7 Wireless Headphones Bluetooth Headset Foldable Headphone Adjustable Earphones With Microphone – mikrofonli, yig‘iluvchi Bluetooth-quloqchin.

Ushbu simsiz quloqchin kompyuter bilan ham, mobil qurilmalar bilan ham simsiz bog‘lanib ishlay oladi. Bundan tashqari, uning o‘zida 16 gigabaytgacha hajmli microSD xotira kartasi uchun uyacha mavjud. Marhamat, turli musiqalarni xotira kartasiga ko‘chirib, uni naushnikka joylab, tinglab ketaverasiz!

Tourya B7 Wireless Headphones Bluetooth Headset Foldable Headphone yig‘ma quloqchini bilan to‘liq tanishib, 10.63 dollarga xarid qilish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

  1. Baseus S06 Neckband Bluetooth Earphone Wireless headphone – ixcham va qulay Bluetooth-quloqchin.

Ushbu simsiz ulanuvchi quloqchining akkumulyatori quvvati kutish rejimida 200 soatga, telefonda gaplashishda 10 soatga yoki 8 soatlik musiqa tinglashga yetadi.

Baseus S06 Neckband Bluetooth Earphone quloqchini bilan tanishib, 13.69 dollar evaziga sotib olish uchun ushbu havoladan foydalanib, uning xarid sahifasiga o‘ting.

  1. ONIKUMA K1 PS4 Gaming Headset casque Wired PC Stereo Earphones Headphones with Microphone – geymerlar orzusidagi, mikrofonli quloqchin!

Ushbu quloqchin turli kompyuter va noutbuklar, o‘yin konsollari, smartfon va planshetlar bilan «kelishib» ishlay oladi. Turli ranglardan o‘zingizga ma’qulini tanlashingiz mumkin, ovozni boshqarish imkoniyatlari keng.

ONIKUMA K1 PS4 Gaming Headset casque Wired PC Stereo Earphones Headphones with Microphone bilan batafsil tanishish va 20.99 dollarga sotib olish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga kiring.

  1. Salar C13 Wired Gaming Headset Deep Bass Game Earphone mikrofonli, yoshlarbop quloqchin.

Ushbu devaysning o‘ziga xosliklaridan biri – har ikki tomonida yorug‘lik-diodli chiroqlari ham mavjudligidir. Ovozni, mikrofonni va chiroqlarni kosachadagi tugmachalar orqali boshqarish imkoni bor. O‘yin ishqibozlariga ayniqsa ma’qul keladi.

Salar C13 Wired Gaming Headset Deep Bass Game Earphone suratlari, xususiyatlari bilan tanishib, 20.28 dollar evaziga xarid qilish uchun ushbu havola yordamida uning sahifasiga o‘ting.

  1. Baseus H06 In-ear Stereo Bass Earphones Headphones 3.5mm jack wired control HiFi Earbuds Headsetstereo tovushli qulay quloqchin.

Bu quloqchin ixchamligi, kompyuter va noutbuklarga, smartfon va planshetlarga mos tushishi bilan sizga ma’qul keladi. Musiqa yangrashini hamda kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni unda boshqarish ham qulay.

Baseus H06 In-ear Stereo Bass Earphones xususiyatlarini to‘liq ko‘rib chiqish hamda 6.99 dollarga sotib olish uchun mana bu havola yordamida uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

ESLATMA: Buyurtma qilinadigan tovarning rangi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uning narxida ozroq o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

Agar biror sababga ko‘ra o‘zingiz buyurtmani rasmiylashtira olmasangiz, u holda «Terabayt.uz» orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Darvoqe, ertaga AliExpress’dagi hamyonbop, sifatli smartfonlar ro‘yxatini (tabiiyki, narxlari va sotib olish havolalari bilan) ham e’tiboringizga havola etamiz, bizdan uzoqlashmang!