Bu o‘yinni 11 iyungacha olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+video)

  •   DiMaX
  •  2185
  •  06.06.2020 14:19

Bu o‘yinni 11 iyungacha olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+video)

Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam geymerlarga PUBG o‘yinini vaqtincha bepul beryapti. Epic Games do‘koni esa «Overcooked!» nomli qiziqarli o‘yinni bepul yuklab olish imkonini taqdim etmoqda.

O‘QING: PUBG’da uzoq kutilgan yangilanish: Martaba rejimi va boshqalar (+video)

Overcooked! – taom tayyorlash simulyatori bo‘lib, unda restoran xodimi rolini bajarish kerak bo‘ladi. Cheklangan vaqt mobaynida turli masalliqlardan bir nechta ovqat tayyorlab, xo‘randalarga tezkorlikda taqdim etish lozim.

O‘z o‘yinlar kutubxonangizga Overcooked! o‘yinini qo‘shib qo‘yish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosishingiz lozim. Agarda 11 iyungacha shu usulda uni olib qo‘ysangiz, keyin bir umr bepul bo‘ladi!

Ushbu o‘yinni yakka holda ham, uch nafar sherik bilan ham o‘ynash mumkin, qiziqarli syujeti ham bor. Shunday ekan, do‘stlaringizga ham bu xabarni ulashish esingizdan chiqmasin.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.