Bu smartfon 21-qavatdan tushib ketgach ham ishlayverdi!

  •   DiMaX
  •  1114
  •  23.10.2018 09:24

Bu smartfon 21-qavatdan tushib ketgach ham ishlayverdi!

Internetda turli qurilmalarning drop-testlarini istagancha topish mumkin – ularning mustahkamligini sinab ko‘rib, videolarini joylashtirishgan. Xo‘sh, amalda, real hayotiy sharoitlarda ular haqiqiy sinovlarga chindan ham dosh bera oladimi?

O‘QING: Camolyotdan tushib ketgan iPhone'ga nima bo‘ldi?

Kuni kecha Xitoyda naq 21-qavatdan tushib ketgan Huawei P20 suratlari tarqaldi. Rasmlarni tarqatgan Mai Jeniu so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p qavatli uyning 21-qavatida joylashgan o‘z kvartirasi balkonida smartfonda nimanidir ko‘rayotgan bo‘lgan. Tasodifan telefon uning qo‘lidan sirg‘alib, pastga tushib ketgan – deyarli 50 metrlik balandlikdan!

Jeniu pastga tushib, smartfonini izlab topar ekan, tabiiyki, undan umidini uzib bo‘lgandi. Chindan ham, Huawei P20 korpusi qiyshaygan, ekran ko‘chgan va chatnagan, orqa qopqog‘i esa chatnashlardan oqarib ketgan ekan.

Lekin eng qizig‘i shundaki, bu smartfon shu holida ham ishlashda davom etardi! To‘g‘ri, uni endi avvalgi holiga qaytarib bo‘lmasligi aniq, ammo korpusi va displeyini almashtirib, yana ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING: Sensatsiya: LG G6 bir sutka muz ichida «jon saqladi»!

Yuqoridagi voqeadan xabar topgan Huawei kompaniyasi Mai Jeniuga bepul ta’mirlash xizmatini taklif qilgan, ammo buncha shov-shuvdan keyin u bu smartfon o‘rniga yap-yangi Huawei P20 bersa kerak.

Darvoqe, ayni shu Huawei P20 modelining 128 gigabaytli ichki xotiraga ega variantini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 799 000 so‘mga, bir yillik rasmiy kafolat bilan olishingiz mumkin. Bunda uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berishingiz, o‘zingizga qulay to‘lov usulidan foydalanishingiz, xaridingiz bepul yetkazib berilishi, hatto pulini tovar qo‘lingizga yetib borganidan so‘ng to‘lashingiz kabi qulayliklar mavjud!

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!