Bu xato. Apple tasodifan trillion dollar turadigan kompaniyaga aylandi

  •   Saroy
  •  2195
  •  03.08.2018 10:52

Bu xato. Apple tasodifan trillion dollar turadigan kompaniyaga aylandi

iOS’dagi “Aksiya” ilovasi ma’lumotlari bo‘yicha, Apple kapitalizatsiyasi trillion dollarga  yetgan birinchi kompaniyaga aylandi — bu 12 noli bor son. Ammo, Independent nashrining xabar qilishicha, aslida kompaniya rekord, deb atalmish davonni hali bosib o‘tgani yo‘q, ilova xatoga yo‘l qo‘ygan.

Gap shundaki, moliyaviy hisobot e’lon qilingandan keyin Apple o‘z aksiyalarining bir qismini sotib oldi. Bu, kompaniyaga har bir aksiyasi narxini 204 dollardan 207 dollargacha ko‘tarish uchun kerak edi. Endi shunday vaziyat yuzaga keldiki, kompaniya aksiyalarining bir qismi muomaladan olib qo‘yilgan. Ya’ni, aksiyalarning umumiy miqdori kamaygan, ammo ilovada bu hisobga olinmagan. Shu bois, Apple tasodifan trillionli kompaniyaga aylanib qoldi.

«Aksii» ilovasi ma’lumotlarni Yahoo Finance xizmatidan oladi, ushbu xizmat esa kapitalizatsiyani noto‘g‘ri hisoblay boshlagan. Agar  assistent Siri’dan so‘ralsa, u ham noto‘g‘ri natijani ko‘rsatadi.

O‘QING:Samsung o‘z ishini qildi, Apple esa rekord o‘rnatdi

Apple trillionli bo‘lish uchun bitta aksiyasi narxini 207,05 dollargacha yetkazishi kerak. Google’ning ma’lumotlarida aytilishicha, aksiya narxi 205,82, dollar, bozor kapitalizatsiyasi esa 955,59 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ushbu yangilikdan keyin ikki soat o‘tib e’lon qilingan xabar: Apple haqiqatan ham kapitalizatsiyasini trillion dollarga yetkazdi

 Apple kompaniyasi bozor kapitalizatsiyani trillion dollarga yetkazdi — bu 12 noli bor son. Bir dona aksiyasi 207,05 dollarga yetdi. Shunday qilib,  “Olmachi”lar Amazon kompaniyasidan o‘tdi va trillion dollarga baholangan ilk kompaniyaga aylandi. Ammo The Verge nashrining ma’lum qilishicha, aslo bunday emas, ya’ni  Apple  dunyo bo‘yicha birinchi trilioner kompaniya emas.

Aslini olganda, birinchi trillion dollarga baholangan kompaniya 2007 yilda paydo bo‘lgan edi — bu Xitoyning PetroChina neftgaz korporatsiyasi edi. Ushbu tuzilma trillionlik chiziqni qisqa vaqtda kesib o‘ta olgandi.

Avvalroq,  «Aksii» ilovasi Apple kapitalizatsiyasini noto‘g‘ri hisoblay boshladi, chunki yo‘qotilgan aksiyalarni hisobga olmagandi. Shu bois qandaydir vaqt ichida hammasini xato hisoblay boshlagan va kompaniyaning narxini trillion dollar, deb e’lon qilgandi. Ana endi haqiqatan ham rekord o‘rnatildi.

O‘QING:Apple va Samsung telefonlari 24 oylik kreditga!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!