Bunaqasi avval bo‘lmagan edi: Facebook kapitalizatsiyasi 123 milliard dollarga tushib ketdi

  •   Saroy
  •  955
  •  27.07.2018 13:06

Bunaqasi avval bo‘lmagan edi: Facebook kapitalizatsiyasi 123 milliard dollarga tushib ketdi

Foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlar bilan bog‘liq janjal oqibati endi o‘z so‘zini aytmoqda.  Facebook yilning ikkinchi kvartalida rekord darajada foyda ko‘rgani haqidagi hisobotini e’lon qildi, lekin investorlarning voqealar rivojidan hamon ko‘ngli to‘lmayapti. To‘g‘rirog‘i, ularga kompaniyaning o‘sish sur’ati pasayib ketayotgani yoqmayapti.

Aksiyalar narxi 19.6 foizga tushib ketgan.  Masalan,  kechagina kompaniya 629.6 milliard dollarga baholangan edi, endi uning narxi 506.2 milliard dollarni tashkil etmoqda. Minus 123.4 milliard dollar, shunchaki qo‘l siltab ketadigan mablag‘ emasda. Bu Amerika fond birjasi tarixida ro‘y bergan eng yirik narx tashlashi bo‘ldi.

O‘QING:Bloomberg Sukerberg’ning boyligini hisoblab chiqdi

Facebook’ning choraklik natijalarini e’lon qilishi avvaliga yaxshi xabarlar bilan boshlandi. Olingan foyda 13.23 milliard dollarni tashkil etgan, yillik o‘sish surati esa 42 foizni ko‘rsatdi, toza daromad  31 foizlik o‘sishni qayd etgan bo‘lib, jami 5.1 milliard dollarga yetdi. Keyin esa yomon xabarlar tarqala boshladi.

O‘QING:Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi

Ijtimoiy tarmoq auditoriyasining oylik o‘sishi atigi 1.54 foizga (2.23 milliardgacha) oshgan, birinchi choraklikda bu ko‘rsatkich 3.14 foizni tashkil etgan edi. AQSh va Kanadada ham ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan, Yevropada esa “GDPR tufayli” Facebook hatto, millionta foydalanuvchisidan ayrilgan. Har kungi  auditoriya  atigi 1.44 foizga o‘sgan.

Facebook Instagram, Messenger va WhatsApp kabi barcha xizmatlarining auditoriyasiga yangi metrika joriy qilib vaziyatni o‘nglashga urinmoqda. Natija qanday bo‘lishini, hozircha hech kim bilmaydi.

O‘QING:Facebook investorlari Mark Sukerbergni iste’foga chiqarmoqchi

Kompaniya foyda ko‘rish sur’atining tushib ketishi haqidagi bashoratlarni e’lon qilgandan keyin, uning aksiyalari narxi keskin tushib ketdi.

Xullas, Facebook birgina sud mahkamasi bilan qutilib qoladiganga o‘xshamaydi, chamasi. Ayni paytda u jiddiy tanazzulni boshdan kechirmoqda.