Canalys: 2021 yil ikkinchi choragida smart taqiladigan qurilmalarning yetkazib berish hajmi o‘sdi

Canalys: 2021 yil ikkinchi choragida smart taqiladigan qurilmalarning yetkazib berish hajmi o‘sdi

Smart taqiladigan qurilmalar savdosi bir necha chorakdan beri o‘sib kelmoqda. Bunga asosiy sabab esa smart-soatlarga bo‘lgan talabning oshib borayotganidadir. 2020 yil to‘rtinchi choragida smart band hamda smart-soatlar dinamikasida katta o‘sish kuzatilgan edi.

O‘QING: Canalys: G‘arbiy Yevropaning shaxsiy kompyuterlar bozori 2021 yilning ikkinchi choragida 3 foizga o‘sdi

Umumiy yetkazib berish hajmi 2021 yilning ikkinchi choragida o‘tgan yilga nisbatan 5,6 foizga o‘sdi, oddiy smart band'lar sotuvi esa 23,8 foizga kamaydi. Bu pasayish to‘la-to‘kis smart-soatlar bilan qoplandi, chunki ularning savdosi o‘tgan yilga nisbatan 37,9 foizga o‘sdi va hozirda umumiy savdoning 62 foizini tashkil qiladi.

Qo‘l soatlar segmentida Apple bozor ulishining 31.1 foizi bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Kompaniya bir yil ichida smart-soatlar savdosida 29.4 foiz o‘sishga erishgan. Huawei va Garmin kompaniyalari mos ravishda 9 foiz hamda 7,6 foiz bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi.

Biroq smart taqiladigan qurilmalarning umumiy savdosi bo‘yicha Xiaomi yetakchilik qilmoqda. Kompaniya savdo ulushining oshib borishiga Mi Band 6 qurilmasi ko‘plab davlatlarda sotilayotganligi sabab bo‘lgan. Xitoylik texnogigant 19,6% bozor ulushi bilan Apple kompaniyasini ortda qoldirib birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya savdosi o‘tgan yilga nisbatan 2,6 foiz o‘sishni qayd etdi. Apple 19.3 foiz bilan ikkinchi bo‘lsa, uchinchi o‘rin Huawei kompaniyasiga nasib qilgan.

O‘QING: Canalys: Ikkinchi chorakda global kompyuter bozori 13% ga o‘sdi. Qaysi kompaniyalar yetakchi bo‘ldi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.