«COVID-19 Challenge 2020» tanloviga 600 ta ariza topshirildi

  •   DiMaX
  •  299
  •  23.04.2020 08:26

«COVID-19 Challenge 2020» tanloviga 600 ta ariza topshirildi

Koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun «COVID-19 Challenge 2020» onlayn tanlovida ishtirok etish uchun ikki hafta ichida jami 600ta ariza topshirildi. Ulardan 285 tasi rus tilida, 315 tasi o‘zbek tilida, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘QING: IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!

«COVID-19 Challenge 2020» – COVID-19 pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

Tanlovning tashkilotchilari: BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT-Park, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion Rivojlanish Vazirligi qoshidagi Yoshlar Akademiyasi, Bandlik va mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, «Raqamli ishonch» jamg‘armasi, Jahon Banki va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi.

Tanlovga arizalar 7 apreldan 20 aprelgacha qabul qilindi. Arizalarni ko‘rib chiqish va onlayn suhbat 24 aprel kuni o‘tkaziladi. Tanlangan loyihalarni sinovdan o‘tkazish va e’lon qilish esa 30 aprel kuniga mo‘ljallangan.

Qiziqadigan shaxslar va kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tish va taklif etilayotgan texnologik yechim g‘oyasini onlayn shaklni to‘ldirish orqali taqdim etishlari so‘raladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar ko‘rib chiqiladi. Muvaffaqiyatli g‘oya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Kamida 5 ta tanlangan loyihani sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan moliyaviy mablag‘ bilan taminlanadi. Tanlangan loyihalar boshqa platformalarda ham keng namoyish etiladi.

O‘QING: Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta’lim oling!

Arizalar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan:

  1. Sog‘liqni saqlash – 123 ta;
  2. Yordamga muhtoj aholiga ko‘maklashish – 48 ta;
  3. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash – 130 ta;
  4. Jamoatchilikni qo‘llab-quvvatlash – 21 ta;
  5. Ta’lim – 136 ta;
  6. Xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash – 32 ta;
  7. Hordiq – 35 ta;
  8. Qolgan barchasi – 75 ta.

Batafsil ma’lumot olish uchun http://covid-19challenge.it-park.uz/ manzili orqali tanlovning veb-saytiga kiring.

O‘QING: Mobil internet tezligi nega pasaydi? AKT vazirligi izoh berdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.