DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

  •   DiMaX
  •  1386
  •  23.09.2019 11:49

DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

Kuni kecha taqdim etilgan iOS 13 operatsion tizimida o‘zbekcha klaviatura, to‘qrang rejim singari ko‘plab yangi qulayliklar mavjud. Biroq geymerlar undagi mobil o‘yinlar bilan bog‘liq bitta nuqsonni aniqlashdi.

O‘QING: Haliyam iOS 13 kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilaymiz

Ma’lum bo‘lishicha, PlayerUnknown’s Battlegrounds (PUBG) hamda Fortnite singari ommabop o‘yinlarni o‘ynayotganda, ekranga bir vaqtning o‘zida to‘rtta barmoq bilan teginish o‘yin jarayonini to‘xtatib qo‘yadi.

Noxush tomoni shundaki, ayni muhim vaziyatlarda – bir vaqtning o‘zida harakatlanib borayotib, dushmanni nishonga olishda bu ishlarni ekrandagi to‘rtta barmoq harakati bilan amalga oshirish kerak. iOS 13’dagi bag esa shunday qilgan zahoti matnni tahrirlash menyusi chiqib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘yinni boshqarish to‘xtatiladi va siz undagi dushmanlaringiz uchun tayyorgina «yemish»ga aylanib qolasiz!

iOS 13 operatsion tizim talqiniga kiritilgan ushbu yangi ishora – to‘rtta barmoq bilan teginganda tahrirlash menyusi chiqib qolishi boshqa o‘yin va ilovalarda ham xalaqit berayotir. PUBG hamda Fortnite eng ommalashgan o‘yinlardan bo‘lgani uchun, ularsiz tura olmaydigan ayfon egalariga o‘z qurilmasini yangilamay turish tavsiya etilmoqda. PUBG dasturchilari o‘yinning iOS versiyasiga mazkur nuqson haqida eslatmani allaqachon kiritib qo‘yishdi. Apple esa ushbu bagni iOS 13.1 talqinida to‘g‘riladi, uni ommaviy tarzda 24 sentyabrdan tarqata boshlashadi.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.