Dronni chegaradan yashirincha olib o‘tmoqchi edi...

  •   DiMaX
  •  379
  •  31.10.2019 14:16

Dronni chegaradan yashirincha olib o‘tmoqchi edi...

Bojxona xodimlari tomonidan turli ko‘rinishdagi tovar moddiy boyliklarining noqonuniy ravishda respublikamiz hududiga olib kirilishiga qarshi chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Afsuski, yurtdoshlarimiz uchuvchisiz uchish qurilmalari – dronlarning ham shu toifaga kirishini yo anglab yetmayaptilar, yo bunga jiddiy qaramayaptilar.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Jumladan, «Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan yo‘lovchi poyezdidagi fuqaro N.N.ning qo‘l yuklari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu fuqaro bojxona xodimining og‘zaki ma’lum qilmasdan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasini respublikamiz hududiga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishi bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

O‘QING: Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.