Dunyo smartfon bozorida yetakchi kim o‘zi? (2 ta reyting)

  •   DiMaX
  •  4392
  •  01.02.2020 11:25

Dunyo smartfon bozorida yetakchi kim o‘zi? (2 ta reyting)

Counterpoint Research tahlilchilari jahon smartfon bozori bo‘yicha 2019 yil yakunlarini e’lon qilishdi. Holatni ular ikkita reytingda ifodalashgan: faqat 4-chorakning o‘zida va yil bo‘yi eng ko‘p smartfon sotgan kompaniyalar.

O‘QING: AnTuTu reytingi: Interneti eng tezkor smartfonlar

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda smartfon bozorida ketma-ket ikkinchi marta qisqarish kuzatilgan. Ammo 2018 yili pasayish 4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili smartfon sotish hajmi atigi 1 foizga qisqargan. Buning ustiga, to‘rtinchi chorakda smartfon sotish 3 foizga oshgan, ya’ni – bozor qayta jonlanmoqda:

Xullasi kalom, 2019 yilning so‘nggi choragida Apple yetakchilik qilib turibdi – u 72,9 millionta ayfon sotib, bozorning 18 foizini egallagan. Ikkinchi o‘rinda Samsung kelyapti – 70,0 millionta smartfon, 17% ulush. Kuchli uchlikni Huawei yakunlab bergan – 56,0 smartfon sotgan va bozorning 14 foizi uning hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘QING: Galaxy S20 flagmanlarini iPhone 11’lar bilan taqqoslab ko‘ramiz! (Fotogalereya)

AQSh tomonidan bosimlar ko‘rsatilganiga qaramasdan, yillik reytingda Huawei baribir Apple’dan o‘zib ketgan va ikkinchi o‘rinni qo‘ldan bermagan. Yil davomida sotilgan smartfonlar bo‘yicha Samsung yetakchi: 2018 yili u bozorning 19 foizini zabt etgan bo‘lsa, 2019 yilda mazkur ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etmoqda. Huawei hissasi 14 foizdan 16 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, Apple ulushi aksincha – 14 foizdan 13 foizgacha pasaygan.

2020 yilda smartfon bozori yanada qizishi kutilmoqda, zero, yetakchi smartfonsozlar bir-biridan qiziq modellarni tayyorlashmoqda.

O‘QING: Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)