Duracell batareyalari pauerbankga aylandi

  •   Saroy
  •  575
  •  17.10.2018 14:23

Duracell batareyalari pauerbankga aylandi

Afsonaviy batareyachalar yangi vazifani bajarishga kirishdi. Endi dyurasellik quyoncha gadjetlar uchun portativ batareyalarni reklama qiladi.

Duracell’ning pauerbanklar lineykasi  uchta modelda taqdim etilmoqda:  3350, 6700 va 10 050 mAch sig‘imli. Birinchisi AA formatida, qolgan ikkitasi  PP3 formatida, ya’ni «Krona». Uchchala batareya ham tezkor quvvatlanish rejimini qo‘llab quvvatlaydi va qo‘shimcha ravishda smortmanlarning 24, 48 va 72 soat ishlashini ta’minlaydi.

O‘QING:Kelajak smartfonlari kelajak batareyalari bilan

Barcha batareyalarda  quvvatni ko‘rsatib turuvchi 4 bosqichli LED-indikatori mavjud. Pauerbanklar qizib ketishdan,  kuchlanishning oshib ketishidan, ortiqcha quvvatlanishdan va quvvatsizlanib qolishidan himoya qilingan, shuningdek korpusi olovga chidamli qilib yasalgan. Ishlab chiqaruvchilar qurilmaga uch yillik kafolat berishmoqda.

Hozircha Duracell pauerbanklari faqat Hindistonda sotilmoqda, ammo tez orada boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ladi.  3350 mAch sig‘imlisi 13, 6700 mAch sig‘imlisi 20, eng katta sig‘imdagi pauerbank esa 27 dollar turadi.

O‘QING:Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!