Durovni yana ayblashmoqda

  •   Saroy
  •  884
  •  02.06.2018 18:50

Durovni yana ayblashmoqda

Estoniyaning Cryptocean kompaniyasi Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ustidan Moskva shahrining Zamoskvoretsk sudiga da’vo arizasi  bilan murojaat qildi. Uni TON blokcheyn-platformasi ishlab chiqilishida asos bo‘lgan dasturni o‘g‘irlaganlikda ayblashmoqda.

Bir necha hafta avval,  Telegram dasturchilari shaxsni identifikatsiyalash tizimini yaratgani, bu keyinchalik  Telegram Open Network (TON) — Telegram Passport yaratishda foydalanilishi haqida xabar berilgan edi.  U pasport, xorijiy pasport yoki haydovchilik guvohnomasidagi ma’lumotlarni, kommunal hisoblarni, bank hisobi haqidagi ma’lumotlarni  va boshqa hujjatlarni yig‘ish mumkin. TON bazasida o‘zining Gram shaxsiy kriptovalyuta bilan to‘lov tizimini ham yaratishi mumkin edi. Bu tangalar bilan foydalanuvchilar tovar va xizmatlarga to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

O‘QING: Pavel Durov: "Ertaga kech bo‘lishi mumkin!"

ICO’ning ikki bosqichida, ya’ni fevral va martda Telegram blokcheyn-platformani yaratish uchun 1,7 mlrd dollar yig‘di. Loyihaga mablag‘ kiritganlar orasida Qiwi rahbari Sergey Solonin, TMT Investments rahbari, milliarder Roman Abramovich, «Vimm-Bill-Dann» sobiq xo‘jayinlaridan biri  David Yakobashvili va DST investkompaniyasi asoschisi Yuriy Milnerlar ham bor.

Cryptocean bayonat berishicha, 1 fevralda yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda foydalanuvchilarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan servis hamda bir qator mahsulotlar, jumladan. Kriptopasport taqdim etilgan. Platformani ishlab chiqish uchun 800 ming yevro sarflangan.

Ushbu uchrashuvda Telegram vakillari ham bo‘lishgan, may oyiga kelib esa, ular  Telegram Passport haqida ma’lum qilishgan.

O‘QING: Telegram’dagi uzilish: texnik nosozlikmi yoki Durov hiylasi?

«Da’vogar o‘z da’vosida ta’kidlashicha, javobgar vakili yopiq namoyishda ishtirok etgan. May oyida esa Durov kriptopasport ishlanmasini taqdim etdi. Bu ishlanma  Cryptocean tomonidan ishlab chiqilgan va yopiq namoyishda ko‘rsatilgan noyob mahsulotining funksiyasi, interfeysi va ishlash tamoyilining nusxasidir. Da’vogar tomon Telegram jamoasining noqonuniy ish olib borganligiga urg‘u bergan, deya xabar beradi Zamoskvoretsk sudi.

Yana bir qiziq tomoni, da’vo arizasi Telegram ustidan emas, balki aynan uning asoschisi Pavel Durov ustidan kiritilgan. Cryptocean’dagilar hech qanaqa tavon pulini so‘rashmagan, faqat mualliflik huquqini qonunan e’tirof etishini talab qilishmoqda.

O‘QING: Pavel Durov Rossiya hududida Telegram'ning bloklanishiga rozi bo‘ldi