EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ning ilk «jonli» video va fotolari!

  •   DiMaX
  •  1040
  •  19.07.2018 14:56

EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ning ilk «jonli» video va fotolari!

Janubiy koreyaliklarning to‘qqizinchi avlod fableti taqdimot sanasi yaqinlashgani sayin, bu qurilma xususida tobora ko‘proq ma’lumotlar chiqayotir. Jumladan, kechagina uning matbuot uchun tayyorlangan rasmiy fotosuratini chop etgan edik.

O‘QING: Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy surati e’lon qilindi!

Endi esa bu planshetofonning ilk «jonli» rasmlari hamda videosi ham internetga chiqib ketdi. Mana, Samsung Galaxy Note 9 old yuzasi quyidagicha ko‘rinishga ega ekan:

Ushbu suratlar mazkur devays haqidagi avvalgi ma’lumotlarni tasdiqlamoqda. Jumladan, gorizontal joylashgan qo‘shaloq kamera, va uning ostidan o‘rin olgan daktiloskopik datchikka nazar solamiz:

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

Shuningdek, ayrim manbalar tarqatgan videorolikda ham Samsung Galaxy Note 9 aks ettirilganligi da’vo qilinmoqda. Unda ko‘rsatilgan gadjetning orqa paneli xuddi yuqoridagi suratlardagidek, hatto «Galaxy Note 9» yozuvi ham bor. Ammo ekranning ostidagi enligina rom bu smartfonning soxta ekanligiga ishora qilyapti.

Mana, o‘zingiz ko‘ring-da:

Aytib o‘tish kerakki, xitoylik «shovvoz»lar hali taqdim etilmagan flagmanlarning ham nusxalarini tayyorlab, savdoga chiqarishga odatlanishgan, balki yuqoridagi videoda shunaqa qalbaki variantlardan biri ko‘rsatilgandir.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!