EKSKLYuZIV: Galaxy S10+’ning eng sifatli «jonli» surati internetda ilk bor Terabayt.uz’da!

  •   DiMaX
  •  2876
  •  28.01.2019 10:11

EKSKLYuZIV: Galaxy S10+’ning eng sifatli «jonli» surati internetda ilk bor Terabayt.uz’da!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod flagmanlari haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlarni berib kelmoqdamiz. Navbatdagisi – eng ilg‘or Galaxy S10+ smartfonining ikkita «jonli» rasmidir.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Suratlardan birini Slashleaks resursi taqdim etgan bo‘lib, unda ushbu qurilmaning yoqiq holdagi ekrani namoyish etilgan. Bu – Galaxy S10+’ning shu paytgacha chiqqan rasmlari orasida eng sifatlisidir!

Guvohi bo‘layotganingizdek, chetlari qayrilma romsiz ekranda old kamera uchun oval «tirqish» ochilgan va unda bir juft ob’yektiv yaqqol aks etgan.

O‘QING: Galaxy S10’ning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlari Samsung’ning yangi servisini fosh etdi!

Ikkinchi «jonli» suratni esa Terabayt.uz saytining o‘z manbasi taqdim etgan va ushbu insayderlik surati umuman internetda ilk bor e’lon qilinmoqda! Unda Samsung Galaxy S10+ flagmanining orqa panelidagi uch modulli bosh kamera tiniq ko‘rsatilgan.

Samsung Galaxy S10 turkumidagi smartfonlar joriy yilning 20 fevralida taqdim etiladi, ungacha esa mazkur kompaniyaning turli smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 883 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Samsung kutilmaganda «teshik» displeyli Galaxy A9 Pro (2019) smartfonini namoyish qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!