EKSKLYuZIV: Galaxy S10 va S10+ flagmanlarining ilk videotavsifi!

  •   DiMaX
  •  1345
  •  05.02.2019 15:07

EKSKLYuZIV: Galaxy S10 va S10+ flagmanlarining ilk videotavsifi!

Samsung kompaniyasining yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S10 turkumidagi smartfonlar haqida ko‘plab ma’lumotlar va ularning narxlari, hatto «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Endi esa ulardan ikkitasining «jonli» videosi ham internetga chiqdi!

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Mashhur videobloger Markes Braunli (Marques Brownlee) standart Galaxy S10 modeli hamda uning «katta» versiyasi – Galaxy S10+ smartfonlarining birinchi videotavsifini taqdim etdi. Lekin rasmiy taqdimotdan avval smartfonlarning haqiqiy ishlayotgan namunalarini ko‘rsatish mumkin emas. Shu bois, Braunli ham riteylerlar va operatorlar demonstratsion maqsadlarda qo‘llovchi, har tomonlama aslidek qilib ishlangan maketlardan foydalangan.

Braunli avval hech kim e’tibor qilmagan bir jihatga diqqat qaratgan: avvalgi «ajdodlarining korpuslari burchaklari dumaloqroq bo‘lsa, Galaxy S10 modellarida ularning burchaklari o‘tkirroq. Yangi flagmanlar ko‘proq Galaxy Note turkumidagi fabletlarga o‘xshab ketadi.

Bular bilan birga yana Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) deb nomlanuvchi «kichik» flagman ham 20 fevralda rasman taqdim etiladi. Hozirgacha bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uzinternet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Eng arzon Samsung smartfonlari – Galaxy M10 va M20 sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!