EKSKLYuZIV: Mutlaqo romsiz Xiaomi Mi Mix 3’ni ilk «jonli» suratda ko‘ramiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  3367
  •  29.06.2018 16:30

EKSKLYuZIV: Mutlaqo romsiz Xiaomi Mi Mix 3’ni ilk «jonli» suratda ko‘ramiz! (+video)

Bugungi kunda avj olgan romsiz dizayn trendiga 2016 yili aynan Xiaomi kompaniyasi, birinchi avlod Mi Mix smartfoni bilan asos solganini ayrimlar bilmasa ham kerak. Mi Mix 2 o‘tgan yilning sentyabrida, uning yangilangan versiyasi – Mi Mix 2s esa 2018 yilning martida taqdim etilgan. Demak, navbat uchinchi avlod Mi Mix smartfoniga keldi...

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3'da "g‘alati o‘zgarish" bo‘ladi

Internet kengliklariga Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining birinchi «jonli» rasmini chiqarishdi. Bu modelda «o‘yiq»siz displey korpusning old yuzasini butkul qoplagan. Mana, ko‘ring-da:

Oldingi avlod Mi Mix qurilmalarining ekrani ikki yonida o‘ta yupqa hoshiya va pastida ensiz romga ega edi. Ammo ularning uchinchi avlodida displeyning har to‘rtala tomonida bir xil yupqa hoshiyagina mavjud.

Xo‘sh, unda Xiaomi old kamerani qayerga joylayapti ekan? Aftidan, «xitoycha Apple» ham o‘z yurtdoshlaridan o‘rnak olib, selfi uchun korpus ichidan chiquvchi kamera qo‘llamoqchi.

Ayni damgacha Vivo hamda Oppo shunday kamerali smartfonlarini rasman taqdim etishgan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 – haqiqiy romsiz flagman sirlari oshkor bo‘ldi

Yangi smartfonning orqa paneli esa Mi Mix 2S modelidagi singari bo‘lishi kutilmoqda: keramik korpus, yuqori chap burchakda tikka joylashgan qo‘shaloq korpus, pastroqda – orqa qopqoq o‘rtasida esa daktiloskopik sensor. Buni hali o‘tgan yilning oxiridayoq internetga chiqqan quyidagi surat ham isbotlamoqda:

2018 yildagi aksariyat flagmanlar qatori, Mi Mix 3 ham Qualcomm’ning ilg‘or Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilishini kutish mumkin. Kuzatuvchilar uning 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lishini aytishayotir. Xiaomi bu devaysini yilning oxirrog‘ida taqdim etishini hisobga olsak, u biryo‘la Android 9.0 P bazasidagi MIUI proshivkasi bilan chiqsa kerak.

O‘QING: To‘liq ro‘yxat: Xiaomi bu yil yana qanday smartfonlar taqdim etadi?

Bu orada Xiaomi fanatlari bo‘lgan dizaynerlar allaqachon Mi Mix 3 flagmanining render suratlarini tayyorlashga tushib ketishgan. Hatto bu model haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda uning videosini ham tayyorlab, internetga chiqarishgan:

To‘g‘ri, kompaniya hozircha Mi Mix flagmani va uning taqdimot sanasi haqida biror rasmiy ma’lumot bermagan. Ammo bulturgi Mi Mix 2 modeli sentyabrda namoyish qilinganidan kelib chiqib, uning uchinchi avlodini ham shu oyda kutishimiz o‘rinli.

Xiaomi bungacha bozorga chiqargan aksariyat telefonlar esa O‘zbekistonda ham bir yillik rasmiy kafolat bilan sotilyapti.

O‘QING: Mi Mix 2S va boshqa Xiaomi smartfonlarining chegirmali narxlari (2018 yil 29 iyun) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.