EKSKLYuZIV VIDEO: Doirasimon tugmachali yangi Google PixelBook noutbuki! (+«jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  958
  •  11.09.2018 11:44

EKSKLYuZIV VIDEO: Doirasimon tugmachali yangi Google PixelBook noutbuki! (+«jonli» rasmlar)

Google kompaniyasi o‘zining bu yilgi yirik tadbirini 9 oktyabrga mo‘ljallaganidan xabaringiz bor. Unda nafaqat ko‘pchilik kutayotgan yangi avlod Pixel smartfonlari, balki boshqa qiziqarli devayslar ham namoyish etiladi.

O‘QING: Google yangi Pixel smartfonlari va boshqa gadjetlari taqdimotiga taklif etmoqda

Jumladan, mazkur taqdimotda rasman ko‘rsatiladigan yangi PixelBook noutbuki haqida ham insayderlik ma’lumotlari tarqalmoqda. Hatto uning «jonli» videosini ham internetga chiqarishibdi:

Xabarlarga ko‘ra, doiracha shaklidagi tugmachalarga ega va romsiz displeyli mazkur noutbukning kodli nomi Nocturne ekan. Uning buklama mexanizmi – sharniri oddiy noutbuklardagidan ko‘ra ko‘proq Surface planshetidagiga o‘xshayapti. Ehtimol, mazkur qurilma transformer – ham planshet, ham noutbuk sifatida ishlatiluvchi gadjet bo‘lar.

O‘QING: Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

Google taqdim etilishi kutilayotgan yana bitta noutbuk suratlari esa allaqachon Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan. Kodli nomi Atlas bo‘lgan ushbu model o‘tgan yilgi PixelBook’ka o‘xshash. Bu devaysning ham ekrani yupqa romli, lekin tugmachalari odatiy – to‘rtburchak shaklida.

Shu va boshqa yangi qurilmalar haqidagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizni muntazam kuzatishda davom eting. Shuningdek, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli modellardagi noutbuklarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: ASUS bitta quvvat bilan 20 soat ishlay oladigan yupqa noutbuk taqdim etdi