EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS Max va Galaxy Note 9 tezkorligini taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  2513
  •  24.09.2018 09:05

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS Max va Galaxy Note 9 tezkorligini taqqoslaymiz!

Apple korporatsiyasi 12 sentyabrdagi matbuot anjumanida taqdim etgan yangi iPhone’lar dizayniga ko‘ra o‘tgan yilgi yubiley superflagmanidan uncha farq qilmaydi. Ammo ularning avtonomligi, ishlash samaradorligi ancha ortgan.

O‘QING: iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Mayli, benchmarklardagi sintetik testlar o‘z yo‘liga, xo‘sh, amalda ularning tezkorligi qanaqa? GizmoSlipTech nikli bloger shunga qiziqib, kupertinoliklarning iPhone XS Max hamda janubiy koreyaliklarning Galaxy Note 9 flagmanlarini ishlash tezligi bo‘yicha solishtirib ko‘rdi. Sinovlar jarayoni va natijalarini esa o‘zining YouTube-kanalida e’lon qildi.

Buni qarangki, ushbu bellashuvda mutlaq g‘olibni aniqlash imkoni bo‘lmadi. Kundalik ishlatiladigan ommabop ilovalar – YouTube, Instagram, Twitter kabilarning yuklanish tezligi bo‘yicha Galaxy Note 9 fableti oldinda. Ayrim hollarda soniyaning ham mitti ulushi qadar bo‘lsa-da, u ilovalarni tezroq ochgan. Mana, quyidagi tasvirda bu ikki smartfon har bir ilovani qanchalik vaqtda ishga tushira olgani ko‘rsatilgan:

Anglaganingizdek, sariq tusli chiziqlarda Samsung, moviy rangli chiziqlarda esa Apple flagmanlarining natijalari ko‘rsatilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

Videobloger e’lon qilgan testda iPhone XS Max hamda Galaxy Note 9 smartfonlari «og‘ir» o‘yinlarda ham sinab ko‘rilgan. Bunda Fornite, PUBG, Hearthstone kabi uch o‘lchamli o‘yinlarning har ikki flagmanda yuklanish vaqti hisobga olingan. Kundalik ilovalarda raqibiga boy bergan iPhone XS Max mazkur testda yaqqol ustunlikka erishgan:

Ta’kidlash kerakki, iPhone XS Max modelining tezkor xotirasi hajmi atigi 4 gigabaytni tashkil etadi. Sinovda qatnashgan Samsung Galaxy Note 9 versiyasi esa undan naq ikki karra katta hajmli tezkor xotiraga ega. Shunday bo‘lsa-da, kupertinoliklarning flagmani ochilgan ilovalarni fon rejimida ushlab turib, ularga tezkorlik bilan qayta olgan. Janubiy koreyaliklarning fableti esa oxirgi ochilgan ilovalarga o‘tishda ularni har gal qaytadan yuklagan.

O‘QING: Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

Mana, quyidagi videolavhada ushbu ikki flagmanning sinov jarayoniga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Xullas, ushbu «jang»da mutlaq g‘olib aniqlanmadi, bu ikki raqibning «olishuv»larini ham kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda bir qator modellardagi Apple iPhone hamda Samsung Galaxy smartfonlarini onlayn xarid qilishingiz mumkin. Bunda o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi kabi imkoniyatlar sizga manzur keladi.

O‘QING: Xushxabar: iPhone Xs va iPhone Xs Max ham «Malika»ga yetib keldi, narxlari bilan tanishing! (2018 yil 22 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!