EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

  •   DiMaX
  •  1216
  •  22.09.2018 15:14

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

Kupertinolik kompaniyaning iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlari 21 sentyabrdan bir qator mamlakatlar bozorlariga chiqdi. Ammo xaridorlarning hammasiyam undan mamnun bo‘lishgani yo‘q...

O‘QING: iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

Yangi ayfonlarning ilk xaridorlari qatorida YouTube-blogerlar ham bo‘lib, ular allaqachon bu smartfonlarning videotavsiflarini tayyorlashga kirishib ketishgan. Jumladan, TechSmartt kanali muallifi iPhone XS va iPhone XS Max’ning mustahkamligini sinab – drop-testdan o‘tkazib ko‘rgan. Sinovlarda mazkur ikki modeldan tashqari Apple’ning yubiley superflagmani – iPhone X ham ishtirok etgan.

Videobloger bu uchta ayfonni ayamasdan turli balandliklardan beton yuzaga tashlab sinagan. Birinchi martasida ularni shim cho‘ntagi balandligidan tashlab ko‘rgan – ko‘pincha kishilar smartfonlarni ayni shu balandlikdan tushirib yuborishadi. Bunda har uchala iPhone ham korpusning yon qirralaridan ozroq shikast yegan, ammo ularning orqa va old panellariga zarar yetmagan.

Sinovning ikkinchi bosqichida smartfonlar odamning boshi balandligidan tashlangan – gaplashayotganda qo‘ldan tushib ketishi holatiga mos yuksaklik. Bunda iPhone X hamda iPhone XS Max displeylarida sezilarli chatnashlar yuzaga kelgan. Buni qarangki, iPhone XS’ga hech nima qilmagan!

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: texnobloger 2018 yilning eng mustahkam flagmanini sindirishga urinib ko‘rdi

Nihoyat, bloger bu «uch og‘ayni botirlar»ni 3 metrlik yuksaklikdan tashlab ko‘rsatgan. Bunda iPhone XS Max modeli eng katta zarar ko‘rgan – uning displeyi ishdan chiqqan. O‘tgan yilgi iPhone X’ning orqa paneli chatnashlar bilan qoplangan, iPhone XS esa mayda shikastlar bilan o‘zining mustahkamligini ko‘rsatgan.

Mana, drop-test videosini birga tomosha qilamiz:

Tabiiyki, mazkur videolavha ko‘proq ko‘ngilochar xarakterga ega, bu sinovni professional drop-test deb ham bo‘lmaydi. Real sharoitlarda smartfonlarning mustahkamligi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi: tushish balandligi va burchagi, yuzaning qattiqligi va relefi kabi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9+ va iPhone X drop-testda o‘zaro bellashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!