EKSKLYuZIV: Xiaomi Pocophone’ning ilk «jonli» videosi – Face Unlock evaziga barmoq izi skaneridan voz kechilganmi?

  •   DiMaX
  •  1065
  •  17.07.2018 17:24

EKSKLYuZIV: Xiaomi Pocophone’ning ilk «jonli» videosi – Face Unlock evaziga barmoq izi skaneridan voz kechilganmi?

Xiaomi kompaniyasi yangi – Pocophone brendini ro‘yxatdan o‘tkazganidan xabaringiz bor. Bu nom ostidagi smartfonlarni u Yevropa Ittifoqi yoki AQSh bozori uchun rasman taqdim etadi.

O‘QING: Xiaomi yangi smartfonlarini boshqa brend ostida chiqaradi

Yangi brend ostidagi ilk model FCC saytida Pocophone M1805E10A raqami bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, shu paytgacha uning ayrim xususiyatlarigina ma’lum edi, xolos. Ularga ko‘ra, bu smartfon «toza» Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Smartfonning texnik ta’minotini Qualcomm Snapdragon 845 flagman protsessori va 6 gigabaytlik tezkor xotira tashkil etadi. Devaysning orqa panelida qo‘shaloq kamera, displey tepasidagi «o‘yiq»da esa old kamera joylashadi.

Endilikda esa Xiaomi Pocophone turkumidagi birinchi smartfonni «jonli» videoda namoyish etishdi. Marhamat, birga ko‘ramiz:

E’tibor bergan bo‘lsangiz kerak – smartfon korpusining orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri yo‘q. Demak, bu datchik displeyga integratsiya qilingan, yoki yuzni skanerlash orqali telefonni blokdan chiqarish funksiyasi evaziga Xiaomi bu modelda daktiloskopik datchikdan voz kechgan bo‘lishi mumkin. Ekranning yuqori qismidagi «kemtik» nisbatan katta ekanini – unga Face Unlock datchigi sig‘ishini hisobga olsak, ikkinchi variant haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi.

Afsuski, ilk Pocophone smartfonining boshqa jihatlari sirligicha qolayotir – uning na taqdimot sanasi, na narxi ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Hali 24 iyulda taqdim etiladigan Xiaomi Mi A2 Lite smartfonini allaqachon AliExpress’dan sotib olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!