Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

  •   Saroy
  •  7136
  •  28.06.2018 15:39

Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

AnTuTu benchmarki jamoasi turli narx toifasidagi eng ommalashgan foydali smartfonlarning may oyi reytingini e’lon qildi. Reytingda benchmarkda o‘rtacha natijalar nisbatining JD.com. onlayn-do‘konidagi rasmiy bo‘limida keltirilgan narxlarga bo‘lgan nisbati hisobga olingan.

Jami to‘rtta narx toifasi ko‘rib chiqilgan.  152 dollari atrofidagi toifada  Xiaomi Redmi Note 5 smartfonining 3+32 GB versiyasi g‘olib keldi. 153-305 dollargacha bo‘lgan narx toifasida Meizu Pro 7 lider bo‘ldi. 305-457 dollar narx toifasida esa,  Huawei Honor V10’ning oldiga tushadigani topilmadi. Eng qimmat narx toifasida  (450 dollarov) OnePlus 6, undan keyin Mi Mix 2s, Smartisan R1, Huawei Mate 10 hamda  Sony Xperia XZ1 bormoqda.

O‘QING: Redmi 6 va Redmi 5: qaysi yaxshi va arzon?

Agar narxlar toifasidan tashqarida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan (ishlash samaradorligi va narxi bo‘yicha) smartfonlar haqida gap ketadigan bo‘lsa, birinchi o‘rinni 114 ball bilan Xiaomi Redmi Note 5 egalladi, ikkinchi o‘rin  Meizu Pro 7’ ga tegdi, chunki u 108 ball yig‘a olgan, uchinchi o‘rin 99 ball olgan  Xiaomi Redmi 5’ga nasib qildi.

O‘QING: 679 000 so‘mga flagman dizaynli smartfon olasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.