Ekspertlar: Xiaomi smartfonlarini AliExpress’dan olmang, bu xavfli!

  •   DiMaX
  •  3148
  •  16.07.2018 14:28

Ekspertlar: Xiaomi smartfonlarini AliExpress’dan olmang, bu xavfli!

Yurtdoshlarimiz ayrim elektrotexnika mahsulotlarini onlayn savdo platformalari orqali xarid qilishni o‘rganib olishgan. Ammo keyingi paytlarda «xitoycha Apple» smartfonlarini AliExpress orqali olmaganingiz ma’qul, deb yozadi RuNews24 nashri.

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Mutaxassislarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Xiaomi korporatsiyasi yaqindan beri o‘z smartfonlaridagi dasturiy ta’minotning ishlash tamoyiliga o‘zgarish kiritgan. Ya’ni, avvallari ularning proshivkasi universal bo‘lar, foydalanuvchi uni o‘z mamlakati hududiga moslab olar edi. Endi esa kompaniya har bir hududga mo‘ljallab chiqargan telefoniga o‘sha hududgagina mos proshivka o‘rnatmoqda va uni almashtirib – lokalizatsiya qilib bo‘lmaydi.

Tabiiyki, AliExpress’dagi sotuvchilar asosan eng arzon – Xitoyning o‘zi uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarni olib, savdoga qo‘yishadi. Agarda o‘shanaqasidan olsangiz, keyin uni O‘zbekistonda ishlashga moslashtirishda, unga bank kartangizni biriktirishda muammolar yuzaga keladi. Bulardan tashqari, unda ayrim ilovalar, jumladan  Google Pay ham ishlamasligi mumkin.

O‘QING: Xitoy telefonlarida ko‘p uchraydigan 4 muammo va ulardan qutulish chorasi

Saytning ta’kidlashicha, xitoycha proshivkali Xiaomi smartfoniga global proshivka o‘rnatishga urinsangiz, uni ishdan chiqarib qo‘yishingiz ham hech gapmas. Buning oqibatida yuzaga kelgan nosozlikni esa faqat servis markazlaridagina bartaraf eta olishadi.

Aytish kerakki, o‘zimizga olib kelinib, rasman savdoga qo‘yilgan smartfonlarda bunday muammo uchramaydi. Zero, sotuvchi o‘z mahsulotiga bir yillik kafolat ham berishi bu borada ishonchni yanada mustahkamlaydi.

O‘QING: 820 000 so‘mdan boshlangan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 11 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!