Elektromobillar endi atigi 5 daqiqada olgan quvvati bilan 200 kilometr yuradi!

  •   DiMaX
  •  1922
  •  05.05.2020 13:44

Elektromobillar endi atigi 5 daqiqada olgan quvvati bilan 200 kilometr yuradi!

Japan Electric Vehicle Fast Charger Association kompaniyasi elektrokarlarni quvvatlovchi yangi – CHAdeMO 3.0 standarti ustida ishlamoqda. Uning sharofati bilan elektromobillarning 5 daqiqa davomida olgan zaryadi 200 kilometr yo‘l bosishga kifoya qiladi.

O‘QING: Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Bunday samaradorlikka asosan elektrokarni quvvatlash tezligini oshirish orqali erishiladi; bunda 500 kilovattgacha kattaytirilgan (tok kuchi 600 amperlik bo‘lganida) blok qo‘llanadi. Bu – hozirda elektrokarlar avtonomligini oshirishning eng oqilona usulidir; zero, ularning akkumulyatori sig‘imdorligini oshiruvchi biror texnologiya yaqin orada paydo bo‘lishi dargumon.

Bundan tashqari, CHAdeMO 3.0 standarti quvvatlash stansiyalarining universalligi bilan ham ahamiyatga molik. Zaryadlash qurilmalarining hajmi kichraygani evaziga bunday stansiyalar ixchamlashganini ham ta’kidlash o‘rinli. Tag‘in ularning qizib ketmasligi uchun suyuqlikli sovitish tizimi ham qo‘llanadi.

Darvoqe, eng arzon – ikkita smartfon narxidan salgina qimmatroq bo‘lgan elektromobil taqdim etilganidan xabaringiz bormidi? Shuningdek, bitta elektromobil narxida sotilayotgan smartfon qaysi ekanini bilasizmi?

O‘QING: Tesla’ning bizga keragi yo‘q – endi Andijonda ham elektromobil ishlab chiqariladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!