Endi Apple’ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashmoqda!

  •   DiMaX
  •  1502
  •  08.06.2018 17:22

Endi Apple’ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashmoqda!

Kupertinolik gigant o‘z mahsulotlariga dizayn bo‘yicha o‘xshash bo‘lib qolgan gadjetlar ishlab chiqargan kompaniyalar bilan sudlashib yurishidan xabaringiz bor. Ammo navbatdagi mojaroda Apple da’vogar emas, balki ayblanuvchi bo‘lib chiqyapti!

O‘QING: Apple va Xiaomi sudlashmoqda: qaysi gadjet dizayni o‘g‘irlandi?

Joriy yilning 4 iyunida WWDC anjumanida kupertinolik gigant Siri ovozli yordamchisining yangi – Shortcuts funksiyasini taqdim etgan edi. Lekin uning belgichasi bitta startapning logotipiga juda o‘xshash bo‘lib chiqdi, deb yozadi 9to5Mac.

Blokcheyn-texnologiyalar yordamida sayt yaratuvchi Shift kompaniyasi fikricha, Tim Kuk korporatsiyasi ularning logotipini o‘g‘irlab olgan. Ular buning uchun kompensatsiya sifatida Apple’dan 200 ming AQSh dollari talab qilishmoqda. Startapchilarga ko‘ra, kompaniya rebrendingi uchun aynan shuncha miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi.

Shift vakillarining hisoblashlaricha, Siri Shortcuts logotipining paydo bo‘lishi bozorda chalkashlikni keltirib chiqaradi. Kompaniya o‘zining reklamasi uchun ancha-muncha mablag‘ sarflab qo‘ygan va logotipi ularni tamsil etadi. Startap yuristlarining fikricha, logotip Shift kompaniyasining muhim nomoddiy aktivi bo‘lib ulgurgan. Kompaniya Apple bilan kelishuvga erishib, pul ko‘rinishida kompensatsiya olishga umid qilayotir.

Shu o‘rinda kuzatuvchilar har ikkala logotipni o‘zaro taqqoslab ko‘rib, ular unchalik o‘xshash emasligini ta’kidlashayotir. Ko‘pchilikning fikricha, Shift shunchaki avval unchalik mashhur bo‘lmagan kompaniyani shu usul bilan qo‘shimcha reklama qilishga intilmoqda.

O‘QING: Samsung va Apple mojarosi bo‘yicha sud: mag‘lub tomon 539 million dollarga tushdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!