Endi elektron hukumat xizmatlari telefoningizda! (+video)

  •   DiMaX
  •  1167
  •  17.03.2021 09:04

Endi elektron hukumat xizmatlari telefoningizda! (+video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangi talqindagi my.gov.uz mobil ilovasini ishga tushirdi. Uni yuklab oling va elektron hukumat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalaning, deyiladi portalning Telegram-kanalidagi xabarda.

O‘QING: Doimiy yoki vaqtinchalik propiska haqidagi ma’lumotni onlayn usulda oling! (videoqo‘llanma)

Mobil ilovani yo‘lga qo‘yishdan maqsad – aholimizning elektron hukumat xizmatlarini qog‘ozli hujjatlardan foydalanmay va davlat idoralariga tashrif buyurmay tezkor va onlayn olishini ta’minlashdir, deyiladi xabarda.

E’tiborlisi, joriy etilgan xizmatlarda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Mobil ilova sizga nima beradi?

🔹 Shaxsiy ma’lumotlar qulay va avtomat tarzda to‘ldiriladi, hujjatlar har doim qo‘l ostingizda bo‘ladi.

🔹 Hujjat va ma’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etishda o‘z roziligini boshqarish imkoniyati tug‘iladi.

🔹 Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishda vaqtida xabardor bo‘lish va to‘lovlarni to‘lashda tezkorlik ta’minlanadi.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Ilova yordamida quyidagi ma’lumotlarni avtomat tarzda, bir zumda olishingiz mumkin:

🔹 yashash joyi bo‘yicha, soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

🔹 pensiya haqida ma’lumot

🔹 hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot

🔹 masofadan turib, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

🔹 STIRni aniqlash

🔹 hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish: elektr energiya, issiq suv, ichimlik suvi.

Ilovani yuklab oling va elektron hukumat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalaning! Mazkur ilova barcha mashhur mobil platformalar uchun ochiq. Uni Google Play (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov) hamda App Store (https://apps.apple.com/uz/app/mygov-uz/id1544175166) kataloglaridan yuklab olish mumkin.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!