Eng arzon Xiaomi smartfoni ham taqdimotga tayyor: Redmi 9A xususiyatlarini FCC fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  2663
  •  13.06.2020 14:56

Eng arzon Xiaomi smartfoni ham taqdimotga tayyor: Redmi 9A xususiyatlarini FCC fosh etdi!

Xiaomi kompaniyasi hali yaqindagina Redmi 9 modelini namoyish qilgan edi. Endi esa «Xitoycha Apple»ning bu yilgi eng arzon smartfoni – Redmi 9A ham tayyor bo‘libdi!

O‘QING: Redmi K30 naq yuz dollarga arzonlashib, K30 Pro yangi variantda taqdim etildi

AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) ma’lumotlar bazasida Xiaomi kompaniyasining M2006C3LG kodli nomi ostidagi yangi mahsuloti sertifikatlandi. Bu o‘sha – Redmi 9A smartfoni bo‘lib, mazkur regulyator uning ayrim texnik xususiyatlarini oshkor etgan.

Redmi 9A akkumulyatorining tok sig‘imi 4900 mA/soatga teng. Smartfon chastota diapazoni 2,4 GGs.lik Wi-Fi tarmoqlarida ishlay oladi. Kompaniya uni birato‘la MIUI 12 grafik qobig‘i bilan taqdim etadi.

O‘QING: Xiaomi yana to‘rt xil smartfon egalarini global MIUI 12’ni o‘rnatib olishga chaqiryapti!

FCC faqat tayyor bo‘lgan mahsulotlargagina sertifikat berishini hisobga olsak, Redmi 9A yaqin orada namoyish etiladi. Regulyator uning hatto korpusi o‘lchamlarini ham ko‘rsatgan:

Shu paytgacha tarqalgan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 9A apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio A25 protsessori tashkil etadi. mazkur chipset 1,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosini, IMG PowerVR GE8320 grafik tezlatgichini va 4G/LTE uyali modemini o‘z ichiga oladi.

Redmi bu gadjetini 3/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan chiqaradi.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!