Eng arzon Xiaomi smartfoni – Redmi 7A ham jahon bozoriga chiqyapti, lekin narxi...

  •   DiMaX
  •  8634
  •  18.06.2019 12:00

Eng arzon Xiaomi smartfoni – Redmi 7A ham jahon bozoriga chiqyapti, lekin narxi...

«Xitoycha Apple» yaqinda Redmi brendiga mansub Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro flagmanlarini taqdim etgandi. Ushbu tadbirda u o‘z smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A narxini ham ma’lum qilgandi.

O‘QING: Redmi'ning navbatdagi smartfoni sizga yoqishi tayin!

Winfuture nashrining yozishicha, Redmi 7A modeli endi Yevropa bozoriga ham chiqarilar ekan. Ushbu qit’aning bir necha mamlakatida mazkur smartfonning savdosi shu haftadayoq, aniqrog‘i – 21 iyundan boshlanadi.

Redmi 7A smartfonining barcha xususiyatlari bilan mana bu maqolamizda tanishish mumkin. Narxiga kelsak, Yevropa bozorida uning eng kichik – 2/16 gigabaytlik xotiraga ega varianti uchun 100 yevro so‘rashadi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, ayni shunday talqini Xitoyning o‘zida 80 dollar (taxminan 72 yevro) evaziga sotilmoqda.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Redmi Note 7, Mi 9 SE va Mi Play arzonlashdi – Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 17 iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!