«Eng chidamlilar uchun»: avtonomligi naq bir yilgacha boruvchi aqlli soat chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  392
  •  17.02.2021 10:51

«Eng chidamlilar uchun»: avtonomligi naq bir yilgacha boruvchi aqlli soat chiqdi! (+video)

Garmin kompaniyasi yangi avlod smart-soati – Garmin Enduro modelini namoyish qildi. Ishlab chiqaruvchi uni «eng chidamlilar uchun», deya targ‘ib qilmoqda.

O‘QING: NFC chipli, ixcham va arzon Redmi Watch namoyish etildi

Garmin Enduro gadjetining asosiy o‘ziga xosligi – avtonom ishlash davrining ancha yuqori ekanligidir. Kompaniyaning ta’kidlashicha, batareyasining to‘la quvvati bilan u aqlli soat rejimida 65 kungacha, tejamkorlik rejimida esa bir yilgacha qayta zaryadlashsiz ishlay oladi!

Bunday ko‘rsatkichga erishishda ikkita omil muhim o‘rin tutadi: avvalo, Garmin Enduro modelida quvvatni boshqarishning sozlanuvchi rejimlari mavjud. Qolaversa, uning yuzasiga maxsus – quyosh nuridan quvvat oluvchi Power Glass shishasi qoplangan. GPS modeli yoqiq paytida batareyaning to‘la quvvati 70 soatga yetadi; qo‘shimcha 10 soatlik avtonomlikni esa Power Glass shishasi ta’minlab beradi.

Enduro soati diametri 1,4 dyuymlik, aniqligi 280x280 piksellik ekranga ega. Mazkur devays VO2 Max (kislorod sarfining maksimal darajasi), mashg‘ulotlar intensivligi va stress darajasini aniqlovchi datchiklarga ega. Uning suvdan himoyalangan (10 ATM) korpusida optik pulsometr ham joylashgan. Aqlli soat UltraRun dam olish taymeri, organizmni tiklash bo‘yicha tavsiyalar funksiyasi, kunlik yugurish va velosiped haydash tavsiyalari kabi funksiyalar bilan boyitilgan.

Mazkur soat simsiz to‘lovlar uchun Garmin Pay tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Garmin Enduro korpusi po‘latdan ishlangan versiyada 800 dollar, nisbatan yengil – titan versiyasida esa 900 dollar turadi.

O‘QING: Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!